Hududiy islohotlar
Hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari bo'lib o'tmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 noyabrdagi “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat Kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3937-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi 59-sonli qaroriga muvofiq, tegishli grafik asosida respublikamizda bugungi kunda hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari o‘tkazilmoqda.
“NAVBAHOR TEXTILE” chet el korxonasida ish qizg‘in davom etmoqda
Ma'lumki Navoiy viloyatida o‘tgan yilning 3-choragida “NAVBAHOR TEXTILE” O‘zbekiston-Turkiya chet el korxonasi yangidan tashkil etilgan edi. Korxona tomonidan 640 ming dollar miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilishi hisobiga Shvetsariya va Germaniya davlatlaridan “Riteer” va boshqa rusumdagi zaruriy texnologiyalar keltirilib, o‘rnatildi. Natijada, korxonada yiliga 5400 tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvati yaratildi.
Mahalliylashtirish dasturi ijrosi izchil ta'minlanmoqda
Yurtimizning boshqa hududlari kabi Surxondaryo viloyatida ham sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 fevraldagi “2014-2016 yillarda Mahalliylashtirish Dasturiga Uzun tumanidagi “Fidokor Surxon Aromash” MCHJ tomonidan 11 ta turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish loyihasi kiritilgan edi. Bugungi kunda ushbu korxonada 400,0 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, mahalliy xomashyodan foydalanish darajasi o‘rtacha 80- 90 foizni tashkil etdi.
“TELA TEXTILE” qo‘shma korxonasi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6-yanvardagi “Surxondaryo viloyatida sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha 2014 yilda yangi loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 01-02/03-13-12 sonli yig‘ilish bayoniga asosan, o‘tgan yilda “Asaka” respublika tijorat banki tomonidan 14,8 mlrd.so‘mlik kredit mablag‘i hisobiga xorijda ishlab chiqarilgan texnologiyalar asosida “Tela Textile” qo‘shma korxonasi barpo etilgan edi. Bu yerda hozirda bo‘z, mitkal va satin matolari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Yana bir muhim tomoni shundaki, ushbu korxona ishga tushirilishi uning atrofida zamonaviy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining yaratilishiga zamin yaratdi.
Buxoro viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2015 yilda amalga oshirilgan loyihalar
“Buxoro viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturi” doirasida 2015 yilda umumiy qiymati 524,9 mlrd.so‘m hamda 4450 ming.dollarga teng 1779 ta loyihalarning amalga oshirilishi va buning evaziga 13964 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.