A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2008” o‘n ikkinchi xalqaro ko‘rgazmasi ochildi

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2008” o‘n ikkinchi xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Tadbir “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi, “ITE Uzbekistan”, “I.T.E. Exhibition & Conferences Ltd.” (Buyuk Britaniya) kabi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ko‘rgazmaning ochilishida mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, jumladan, neft-gaz sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 15/05/2008 - 09:49

Respublika hududlarini 2008 yil I choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan shu yil 8 fevralda respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar hamda hududlar tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida 2008 yilning 1-choragida Respublikada iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari bilan tavsiflanadigan makroiqtisodiy barqarorlik ta’min etildi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 15/05/2008 - 00:00

O‘zbekiston Respublikasini 2008 yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va joylardagi davlat hokimiyati organlari 2008 yilning birinchi choragida amalga oshirgan chora-tadbirlar Prezident Islom Karimovning shu yil 8 fevraldagi ma’ruzasida belgilab berilgan 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini, muhim maqsadli kompleks dasturlar, shuningdek, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini rivojlantirish, hamda texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirishni ta’minlashga qaratildi.

I.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 09/05/2008 - 07:41

Innovatsiya – barqaror rivojlanish omili

“O‘zekspomarkaz”da uch kun davom etgan Birinchi respublika innovatsiya g‘oyalari va loyihalari yarmarkasida o‘zaro hamkorlikka oid umumiy qiymati 20 millirad so‘mdan ortiq 400 shartnoma va ahdlashuv protokoli imzolandi. Yarmarkani Prezident Islom Karimov tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ilm talab, yuqori texnologiyaga asoslangan va raqobatbardosh ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, modernizatsiya qilish va texnik yangilash bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qator respublika vazirlik hamda idoralari tashkil etdi.
Davomi » Nashr etilgan: Yak, 04/05/2008 - 07:40

Innovatsiya – kelajakka qo‘yilgan sarmoya

Shu kunlarda “O‘zekspomarkaz”da davom etayotgan Respublika innovatsiya g‘oyalari va loyihalari yarmarkasi davlat korxonalari va mamlakatimizda jadal rivojlanayotgan xususiy biznes tomonidan ishlab chiqarishni texnik modernizatsiyalash va texnologik yangilanishga bo‘lgan o‘sib borayotgan qiziqishning yorqin namoyishiga aylandi. Ushbu yarmarka Prezident Islom Karimov tomonidan eng ilg‘or texnologiyalardan foydalanish orqali ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarga binoan tashkil etilgan.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 02/05/2008 - 07:39

Ilm-fan va ishlab chiqarish kooperatsiyasi – iqtisodiyotni rivojlantirish asosi

O‘zekspormarkazda ochilgan Birinchi respublika innovatsiya g‘oyalari va loyihalari yarmarkasida so‘nggi yillarda O‘zbekiston ilmiy muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan hamda mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal etishda muhim ahamiyatga ega olti yuzdan ortiq istiqbolli ilmiy ishlanmalar, texnologiya va texnologik uslublar namoyish etilmoqda. Tadbir Prezident Islom Karimov tomonidan 2007 yil yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi majlisida mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, ishlab chiqarishni texnik modernizatsiyalash va texnologik yangilash bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 01/05/2008 - 07:38

Xavfsizlik va barqarorlikning muhim omili

Poytaxtimizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Energetika Markaziy Osiyo iqtisodiy xavfsizligining omili sifatida” mavzuidagi xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Siyosiy tadqiqotlar markazi va ushbu universitet tomonidan tashkil etildi. Unda Markaziy Osiyo, Shimoli-sharqiy va Janubiy Osiyo, Yevropa mamlakatlari, Amerika va Rossiyadan xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Tadbirning ochilish marosimida mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahbarligida energetika xavfsizligini kuchaytirish, energetika salohiyatini oshirish va ushbu sohada har tomonlama xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu, o‘z navbatida, Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy xavfsizlikning muhim omiliga aylanmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 29/04/2008 - 07:37

Hay’at yig‘ilishi

Joriy yilning 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida vazirlikning kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hay’at yig‘ilishida Vazirlikning Markaziy apparati xodimlari, tarkibiy tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmalari, shuningdek, barcha shahar va tumanlar iqtisodiyot bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdilar. Yig‘ilish kun tartibdagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A
Davomi » Nashr etilgan: Se, 29/04/2008 - 00:00

Farg‘ona viloyatida joriy yilda uy mehnatiga asoslangan 3000 yangi ish o‘rni tashkil etildi

Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2006 yil 5 yanvarda qabul qilingan “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida Farg‘ona viloyatida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida uy mehnatiga asoslangan 3000 ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu esa korxonalarga hamda kasanachilarga birdek foyda keltirmoqda. Bag‘dod tumanida ham bu boradagi ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu kunga qadar 300 kishi uy mehnati asosida ishli bo‘ldi.
Davomi » Nashr etilgan: Du, 28/04/2008 - 07:35

Innovatsion yarmarka

Joriy yilning 30 aprel 2 may kunlari Toshkentda "O'zekspomarkaz" MKK OAJ pavilonlarida Birinchi Respublika Innovatsion g'oyalar va loyihalar ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Batafsil ma'lumotlar >> Manzil
O'zbekiston Respublikasi, 100084,
Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 107
tel.: (99871) 1344545
faks:(99871) 1345440, 1344088
e-mail: info@uzexpocentre.uz Mo'ljal
Metroning "Bodomzor" bekati
"Inter-Continental Tashkent" mehmonxonasi
Davomi » Nashr etilgan: Yak, 27/04/2008 - 07:33

Pages