A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

“General Motors Uzbekistan” qo‘shma korxonasi kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilishi

Toshkentda yangi tashkil etilgan avtomobil ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha “General Motors Uzbekistan” qo‘shma korxonasi kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. «O‘zavtosanoat» aksionerlik kompaniyasi va dunyoga mashhur «General Motors» korporatsiyasi mazkur qo‘shma korxonaning muassislari hisoblanadi. 2007 yilning oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Koreya Respublikasiga tashrifi davomida “General Motors Europe” (“GME”) va “GM Daewoo Auto & Tehnology” (“GMDAT”) kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 20/03/2008 - 07:04

2007 yilda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvorliklari va ular asosida qabul qilingan maqsadli kompleks va tarmoqlarni rivojlanish dasturlarining amalga oshirilishi 2007 yilda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy natijalarga erishish imkonini berdi. I. Iqtisodiy o‘sishning barqaror va mutanosibli sur'atini ta'minlash Iqtisodiy o‘sishning barqaror va muvozanatlashgan sur'atini ta'minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida mamlakat makroiqtisodiy rivojlanishidagi mavjud ijobiy tendensiyalar sezilarli darajada mustahkamlandi.
Davomi » Nashr etilgan: Yak, 16/03/2008 - 06:17

2008 yilda O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari va yo‘nalishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi

1. Vazirlar Mahkamasining 2007 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisida qayd etildiki, 2007 yilda iqtisodiyotning yuqori barqaror o‘sish sur’atlari va makroiqtisodiy barqarorligi ta’minlandi, iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ishlari davom ettirildi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 12/02/2008 - 06:15

Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o‘zgarishlarimizning bosh maqsadidir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. Hurmatli majlis ishtirokchilari! Bugungi majlisimizning bosh maqsadi va vazifasi – o‘tgan yil davomida erishgan marralarimizni, iqtisodiyotimizda, umuman jamiyatimiz hayotining turli sohalarida ro‘y bergan o‘zgarishlar va jarayonlarni tanqidiy baholab, joriy 2008 yilda mamlakatimizni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish borasida asosiy e’tibor va sa’y-harakatlarimizni qaratish zarur bo‘lgan muhim ustuvor yo‘nalishlarni aniq-ravshan belgilab olishdan iborat.
Davomi » Nashr etilgan: Du, 11/02/2008 - 06:12

O‘zbekiston-Rossiya: hamkorlikning yangi ufqlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5-6 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar mamlakatimiz tashqi siyosatida alohida o‘rin tutadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida 2004 yili Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005 yilda hamkorlikni oliy bosqichga olib chiqishga xizmat qiladigan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 08/02/2008 - 05:47

Rishtonda “Rus-Uzbekteks” qo‘shma korxonasi ish boshladi

Farg’ona viloyatida xorijiy investitsiyalarni yanada kengroq jalb etish va ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Rishton tumanida kalava ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Rus-Uzbekteks” O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi ish boshladi. Qo’shma korxonaning loyiha qiymati 6,5 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag’ hisobidan zamonaviy dastgohlar keltirib o’rnatildi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar asosan xorijga eksport qilinadi. Qo’shma korxonada 400 kishi mehnat qilmoqda. Manba: www.uza.uz
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 18/01/2008 - 04:30

“Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san’atini, iqtisodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirish, xalqimizning madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishga, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga katta hissa qo‘shib kelayotgan shaxslarni munosib rag‘batlantirish va qo‘shimcha ravishda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida: 1.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 18/12/2007 - 04:29

Mamlakatimiz sanoatining yuksak salohiyati

“O‘zekspomarkaz“da O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi davom etmoqda. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasining navbatdagi ish kunida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksionerlik kompaniyasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” aksionerlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “Fayz” xolding kompaniyasi mahsulotlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 15/11/2007 - 04:25

O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi davom etmoqda

“O‘zekspomarkaz“da O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi davom etmoqda. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston sanoatchilari forumining ikkinchi kuni “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat aksionerlik jamiyati, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikmashxolding” xolding kompaniyasi, “Fonon” hamda “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” ochiq aksionerlik jamiyatlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston dunyodagi samolyotsozlik sanoatiga ega sanoqli davlatlar sirasiga kiradi.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 14/11/2007 - 04:24

Pages