A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunning amal qilish mexanizmlarini takomillashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi va “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlarning amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Parlament quyi palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning vakillari, olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdilar. Mazkur qo‘mita raisi A.Mo‘minov boshqargan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari X.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 11/04/2008 - 07:26

Qo‘shma loyihalarning samarali ijrosi

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ijrochi direktori Kyung-Xo Kim qator vazirlik va idoralarda muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari B.Nurullayev bilan muloqot chog‘ida mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan boshqa sohalar singari bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani, bu esa xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘layotgani alohida ta’kidlandi. Osiyo taraqqiyot banki 1995 yildan buyon qator sohalarga sarmoya kiritish orqali yurtimizdagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 10/04/2008 - 07:25

“HeliosNet” O'zbekistonga 20 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni mo'ljallamoqda

Toshkentda O’zbekiston va Rossiya tadbirkorlari ishtirokidagi biznes-seminar boshlandi. O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Rossiya Federatsiyasining yirik yo’ldosh operatorlaridan biri – “Veb Media Servis” (“HeliosNet”) kompaniyasi ushbu tadbir tashkilotchilari hisoblanadi. Biznes-seminarni o’tkazishdan maqsad o’zbek tadbirkorlarining “HeliosNet” kompaniyasi bilan to’g‘ridan-to’g‘ri hamkorlik munosabatlarini o’rnatishdan iborat. Seminarda amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. O’zbekistondagi qulay sarmoyaviy muhit mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy sarmoyalar ko’payishini rag’batlantirayotgani ta’kidlandi. Savdo-sanoat palatasi raisi A.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 09/04/2008 - 07:23

Huquqiy targ'ibot samaradorligini oshirishga masalalariga bag'ishlangan seminar

Shaxs va oilaning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim shartlaridan hisoblanadi. Yurtimizda bu borada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida barcha zarur vositalardan unumli foydalanilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Oliy sud, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari hamkorligida huquqiy targ’ibot samaradorligini oshirish masalalariga bag’ishlab o’tkazilgan seminarda shular haqida gap bordi. Adliya vaziri o’rinbosari S.
Davomi » Nashr etilgan: Chor, 09/04/2008 - 00:00

Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksining majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksining 2008 yilning birinchi choragidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.
Davomi » Nashr etilgan: Shan, 05/04/2008 - 07:21

Tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 3 aprel kuni Buxarestda NATO/Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etdi. Bu yerda Yevroatlantika hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlik, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga doir masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston 1994 yildan buyon NATO bilan “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi doirasida hamkorlik qilib kelmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 04/04/2008 - 07:20

Korxonaning yangi mahsulotlari

Mamlakatimizda rangli metall parchalari va chiqindilarini yig‘ish hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2006 yil 18 iyulda qabul qilingan “Rangli metall parchalari, chiqindilarini yig‘ish, tayyorlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ushbu hujjatda rangli metall parchalari va chiqindilarini kompleks ravishda qayta ishlash, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash, yuridik shaxslar bilan fyuchers shartnomalarini tuzish va temir-tersak hamda chiqindilar topshirilishini rag‘batlantiruvchi erkin narxlar bo‘yicha hisob-kitob qilishni tashkil etish belgilab berildi.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 03/04/2008 - 07:10

Bankda saqlagan afzal

Mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Prezidentimizning 2008 yil 20 fevralda qabul qilingan “Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni aholining bankka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash hamda bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklari omonatlariga jalb etish borasida muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir. Farg‘ona viloyatida ham mazkur farmon ijrosini ta’minlash borasida tijorat banklari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Pay, 03/04/2008 - 05:09

“Mikrokreditbank”: xizmat turlari kengaymoqda

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida bank-moliya tizimida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samaralarini berayotganialohida ta’kidlandi. Hozirgi kunda 33 mingdan ortiq aksiyadorga ega “Mikrokreditbank” o‘zining saksonga yaqin filiali va 270 minibanki orqali aholiga ko‘plab turdagi bank xizmatlari ko‘rsatmoqda. “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi J.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 01/04/2008 - 07:08

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi to‘g‘risida axborot

Toshkent shahrida 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi ochildi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a’zolari, o‘tkazilayotgan tadbir kun tartibiga kiritilgan masalalarga faoliyati daxldor davlat organlarining rahbarlari hozir bo‘ldilar. Majlisni Oliy Majlis Senatining Raisi I.Sobirov olib bordi. Senatorlar o‘z ishlarini «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqishdan boshladilar.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 28/03/2008 - 07:07

Pages