A
x up auto down
conv
conv
phone
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Servis va xizmat ko'rsatish

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy yilda servis va xizmat ko‘rsatish sohasida 1174 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan

Ma'lumki, Hukumatimiz tomonidan “2014-2016 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi” ishlab chiqilgan edi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 19/06/2015 - 20:10

Iqtisodiyot vazirligida farmatsevtika korxonalari uchun Mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan joriy yilning 11 iyun kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zfarmsanoat” kompaniyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmqo‘mitasi ishtirokida farmatsevtika korxonalari uchun mahalliylashtirish loyihalari pasportini ishlab chiqish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy seminar o‘tkazildi.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 11/06/2015 - 19:22

Yaponiyalik jurnalistlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 10 iyun kuni Iqtisodiyot vazirligida Yaponiyaning “Asahi Shimbun” gazetasi tahririyati jurnalistlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda jurnalistlar vazirlik mas'ul xodimlariga mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 11/06/2015 - 17:09

Xalqaro Biznes forumi

Joriy yilning 3 iyun kuni Sirdaryo viloyati Guluston shahrida joylashgan "Yoshlar markazi"da Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sirdaryo viloyat hokimligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 apreldagi “Sirdaryo viloyatining sanoati, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish hamda viloyatda zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlarini barpo qilish va ekoturizmni rivojlantirish to‘g‘risida”gi 31-sonli yig‘ilish bayoniga asosan xorijiy investorlar ishtirokida Xalqaro “Biznes forum” bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Du, 08/06/2015 - 15:00

Oziq-ovqat ta'minoti - dolzarb masala

Bugungi kunda dunyodagi global muammolardan biri, bu - aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash hisoblanishi hech kimga sir emas. Shu ma'noda, respublikamiz  aholisining asosiy turdagi meva-sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan extiyojini to‘liq ta'minlash maqsadida, joriy yilda jami 9535,8 ming tonna sabzavot, 2606,3 ming tonna kartoshka, 1770 ming tonna poliz, 2703,1 ming tonna meva va 1526 ming tonna uzum mahsulotlari yetishtirish ko‘zda tutilgan.

Davomi » Nashr etilgan: Du, 01/06/2015 - 18:56

Respublikamizdagi demografik jarayonlar va aholi bandligini ta'minlash holati

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisining soni 1,5 barobarga yoki 10,4 mln. kishiga ko‘payib, 2015 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, 1990 yildagi 20,6 mln. kishidan 31,1 mln. kishiga yetdi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 22/05/2015 - 20:00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga sharh

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni liberallashtirish, boshqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2012-2014-yillarda xususiy mulk mavqeini oshirish va uni himoya qilish, ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritish sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining o‘n beshdan ortiq qonuni, jumladan, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida (yangi tahrirda)”, “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”, “Raqobat to‘g‘risida”, “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” va boshqa qonunlar qabul qilindi.

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 16/05/2015 - 14:02

Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 

Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida: 

1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin, unda quyidagilar inobatga olinsin: 

tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to‘sqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish; 

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 16/05/2015 - 13:56

Mamlakatimiz oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish istiqbollari

Ma'lumki, oziq-ovqat sanoati milliy iqtisodiyotning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan keng tarmoqli sohasi hisoblanib, uning tarkibida go‘sht-sut, sut-yog‘, yog‘-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva-sabzavot konservalari, sharbatlar, turli-tuman ichimliklar, shakar, qandolatchilik mahsulotlari, non va boshqa noz-ne'matlar ishlab chiqaradigan korxonalar mujassamlashgan. Hyech kimga sir emas, bugun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va uning ta'minlash masalasi global muammolardan hisoblanadi. Mazkur muammo rivojlangan davlatlar bilan endi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bir xil ahamiyatga ega. Shu ma'noda, respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini sifatli mahsulotlar bilan qondirish dolzarb masala hisoblanadi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 15/05/2015 - 20:31

VIII Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasini o‘tkazish to‘g‘risida

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 apreldagi 266-F - sonli qaroriga muvofiq, 2015 yilning 19-21 may kunlari "O‘zekspomarkaz" OAJ ko‘rgazma pavilionlarida VIII Respublika Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 06/05/2015 - 10:11

Pages