A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

O‘zbekiston Respublikasini 2012 yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish jarayonini davom ettirish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2012 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarining amalga oshirilishi joriy yilning to‘qqiz oyida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning barqaror sur'atini va iqtisodiy o‘sishning asosiy ko‘rsatkichlari muvozanatini ta'minladi. I. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 2012 yilning yanvar-sentyabr oylarida yalpi ichki mahsulot o‘sishi 8,2 foizni tashkil qildi.
Davomi » Nashr etilgan: Du, 05/11/2012 - 08:12

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida" (Loyiha)

1-Bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi oilaviy tadbirkorlik faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Davomi » Nashr etilgan: Yak, 28/08/2011 - 12:31

O‘zbekiston Respublikasini 2011 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2011 yilda iqtisodiyotni isloh qilish jarayonlarini chuqurlashtirish va mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kompleks dasturlar hamda eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishga doir ko‘rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturini bajarishni davom ettirish natijasida joriy yilning birinchi yarmida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid asosiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘sish sur’atlari saqlab qolindi. I.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 09/08/2011 - 08:11

O‘zbekiston Respublikasini 2010 yilning to‘qqiz oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi va bu boradagi kompleks dasturlarni amalga oshirish joriy yilning yanvar-sentabr oylarida iqtisodiyot va jamiyatimiz ijtimoiy hayotini barqaror va muvozanatli rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini ta’minlash imkonini berdi. I. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 2010 yilning to‘qqiz oyida iqtisodiy o‘sish 8,3 foizni tashkil qildi.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 09/11/2010 - 08:11

O'zbekiston Respublikasini 2010 yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to'g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlarini, jumladan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi va kompleks dasturlarni amalga oshirish joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot va jamiyatimiz ijtimoiy hayotini barqaror, muvozanatli rivojlantirishni, iqtisodiy o’sishning izchil yuqori sur’atlarini ta’minlash imkonini berdi. I.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 30/04/2010 - 08:09

O`zbekiston Respublikasini 2010 yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to`g`risida

2010 yilning birinchi choragida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2010 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish natijasida iqtisodiyotda ijobiy o‘zgarishlar davom etayotganini ko‘rsatmoqda. I.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 30/04/2010 - 08:09

O‘zbekiston Respublikasini 2009 yil 9 oyi mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan respublikamiz hukumatining 2009 yil 13 fevraldagi yig‘ilishida belgilab berilgan mamlakatimizni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari, Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilishi iqtisodiyotni rivojlantirishning barqaror va muvozanatli sur’atlarini saqlash imkonini berdi va 2009 yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishi uchun mustahkam zamin yaratdi. I.
Davomi » Nashr etilgan: Se, 10/11/2009 - 08:08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “"O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida” 09.07.2009 yildagi №PQ-1154-sonli qarori

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning ish samaradorligini oshirish мақсадида: 1. Iqtisodiyot vazirining Iqtisodiyotни modernizatsiyalash, sanoat va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari hamda Iqtisodiyot vazirining o`rinbosari "O`zog`irneftgazkimyoloyiha" institutining direktori lavozimlari tugatilsin. 2. Iqtisodiyot vazirining Iqtisodiyotни modernizatsiyalash, sanoat va ishlab чиқариш infratuzilmasini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari - "O`zog`irneftgazkimyoloyiha" instituti direktori lavozimi kiritilsin.
Davomi » Nashr etilgan: Yak, 26/07/2009 - 09:06

Qishloq joylarda xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26-yanvardagi PQ-1046 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat dasturida belgilangan barcha chora-tadbirlarni amalda bajarilishi, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining ko‘tarilishi, qishloqlarda ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma shaxobchalarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini barpo etish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini, ta’lim tizimini, aholining tibbiy madaniyatini yanada rivojlantirishga yo‘l ochib bermoqda.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 12/06/2009 - 09:05

Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga bag‘ishlangan brifing Press – relizi

Brifing shu yilning 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazildi. 2008 yilning 27 oktyabridan 1 noyabrigacha OHJ MKK “Uzekspomarkaz” pavilonlarida Respublika sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi o‘tkazildi. Ushbu tadbirda 276 ta sanoat korxonlari va tashkilotlar qatnashishdi. Shundan 137 tasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlaridir (2007 yilda ular soni 224 ta va 124 ta edi). Bundan tashqari, yarmarka davomida banklar, sug‘urta tashkilotlari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi va boshqa qo‘llab quvvatlovchi tashqilotlar tomonidan axborotg‘maslahat xizmatlari ko‘rsatildi.
Davomi » Nashr etilgan: Du, 01/06/2009 - 09:04

Pages