A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Soliq va byudjet siyosatining kelgusi yildagi asosiy yo‘nalishlari

Joriy yilning 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 24/10/2014 - 13:26

Issiqlik ta'minoti tizimlarini modernizatsiya qilish, yangilash hamda energotejamkor texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 6 noyabrdagi “Respublikaning issiqlik va ichimlik suvi ta'minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 300-sonli qaroriga asosan, 2014-2020 yillarda issiqlik ta'minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va yangilash, sohaga energotejamkor texnologiyalarni tadbiq etish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 23/10/2014 - 19:27

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot

2014-yil 21-oktabrda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga hamda 2014-yilning 17-yanvarida respublika Hukumati majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda tarkibiy qayta o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash, mamlakatni rivojlantirishning belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga, shu jumladan, ishlab chiqarish, investitsiyalar, eksport hamda iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish dasturlarining prognoz parametrlariga erishishni ta’minlash, shuningdek, aholi bandligini, hayoti darajasi sifatini uzluksiz oshirish ishlarining natijalari har tomonlama ko‘rib chiqildi va chuqur tahlil qilindi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 22/10/2014 - 13:21

Ro‘yxatga olish davom etmoqda

Avval xabar qilganimizdek, shu yilning 28 oktyabr - 1 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tadigan VIII - Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasiga qatnashuvchi xo‘jalik sub'yektlarining ro‘yxatdan o‘tishi davom etmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish uchun Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasiga murojaat qilish mumkin. Shuningdek, onlayn tarzda ham ro‘yxatdan o‘tish yo‘lga qo‘yilgan. Buning uchun www.cooper.uz saytiga kirib kerakli hujjatlarni to‘ldirish talab etiladi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 14/10/2014 - 20:13

Import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish va sanoat kooperatsiyasini jadal rivojlantirish bo‘yicha tahlillar, takliflar

Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni Mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgartirishda va jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini yengib o‘tishda muhim ahamiyatga ega.

Ushbu vazifani amalga oshirishda qonunchilik bazasining to‘laqonli yaratilganligi, jumladan dasturning shakllantirish va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha Hukumat qarorlari, shuningdek, bu borada ma'sul vazirliklarning vazifalari va vakolatlari aniq belgilab berilgan yagona tizimning mavjudligi katta rol o‘ynaydi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 14/10/2014 - 19:30

Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2014 yil 5 avgustda qabul qilingan farmoyishiga binoan, «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida shu yilning 28-29 oktyabr kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyasiga tayyorgarlik doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi topshirig‘iga asosan, joriy yilning 8 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida O‘zbekistondagi Diplomatik korpus va  xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokida Orol dengizi mintaqasidagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 09/10/2014 - 15:27

O‘zbekiston Respublikasida qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda qulay investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratish masalasiga qaratilayotgan ulkan e'tibor hech kimga sir emas. Davlatimiz rahbarining ko‘plab nutqlarida alohida qayd etilganidek, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sish sur'atlariga erishish, kundan-kunga o‘sib borayotgan aholini muqim ish o‘rinlari va ishonchli daromad manbai bilan ta'minlash maqsadida, eng avvalo, iqtisodiyotga xususiy kapitalni keng jalb etish bo‘yicha maksimal qulay shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 08/10/2014 - 16:46

Milliy turizm - iqtisodiy taraqqiyotning oyinasi

O‘tgan hafta ham yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta voqyealarga boy bo‘ldi. Ushbulardan biri va asosiysi, bu, shubhasiz, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99 sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilishi bo‘ldi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 07/10/2014 - 20:51

Orgtexnika vositalari sotib olish

Vazirlik Markaziy Apparati ehtiyoji uchun ko`p funktsiyali (chop etish, skanerlash, nusxa olish) qurilmalari (2 dona) sotib olish bo`yicha O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida lot savdoga qo`yilgan.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 25/09/2014 - 09:18

“Sog`lom bola yili” Davlat dasturi beshinchi bo`limining bajarilishi bo`yicha

Davlat dasturining beshinchi bo‘limida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishda davlat va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam va ko‘makni kuchaytirish, mazkur jarayonlar uchun mas'ul bo‘lgan sog‘liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, ijtimoiy muhofaza muassasalarida zamonaviy talablarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratish, ularni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan foydalanishning samaradorligini oshirish, sog‘lom bolani tarbiyalash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani keng o‘rganish va amalda joriy etish kabi muhim masalalar asosiy vazifa qilib belgilangan.
Davomi » Nashr etilgan: Ju, 19/09/2014 - 10:14

Pages