A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

Bangladeshlik sheriklar bilan tajriba almashuv

Samarqand viloyati delegatsiyasi Bangladesh respublikasining to‘qimachilik sohasidagi tajribasini o‘rganish maqsadida ushbu mamlakat poytaxti Dakka shahriga safar qildi.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 01/05/2017 - 09:49

Poytaxtimizda biznes ombudsman faoliyatining huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Oliy Majlis huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining hukuqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (biznes ombudsman) faoliyatining huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 01/05/2017 - 09:09

Xalq bilan muloqotning zamonaviy ko‘rinishi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat boshqaruvi organlarining global tarmoqdagi rasmiy veb-saytlarida virtual qabulxonalar ochilib, ular ochiqlik, oshkoralik tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgani davlat va xalq o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlash, joylardagi turli muammolarning o‘z vaqtida hal etilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 12/29/2016 - 13:38

Genç Bürokrat O‘zbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik imkoniyatlari haqida

Turkiyaning Genç Bürokrat (“Yosh boshqaruvchi”) ijtimoiy-siyosiy jurnalida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqola chop etildi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 12/28/2016 - 17:22

Hukumatlararo komissiya majlisi

Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida Savdo, transport va energetika bo‘yicha O‘zbekiston – Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Du, 12/26/2016 - 16:47

Yana bir qiziqarli tadbir

Bugun Iqtisodiyot vazirligida “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida aholining ish bilan bandligidagi sifat o‘zgarishlari” hamda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi” mavzularida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Se, 12/20/2016 - 17:45

Xalq bilan muloqotni takomillashtirish yo‘lida virtual qabulxona faoliyati yo'lga qo'yildi

Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Virtual qabulxona orqali jismoniy hamda yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga o‘z arizalari, shikoyatlari, takliflari hamda vazirlik faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarini yuborishlari mumkin.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 12/20/2016 - 17:07

Axborot xavfsizligini ta'minlash - davr talabi!

Ma'lumki, har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta'minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 12/16/2016 - 18:35

Toshkentda agrosanoat va savdo anjumani o‘tkazildi

Poytaxtimizda «O‘zbekoziqovqatzaxira» uyushmasi,  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining  eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi  hamda Koreya Respublikasining Savdo va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash agentligi hamkorligida agrosanoat va savdo anjumani o‘tkazildi. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 12/14/2016 - 16:32

O‘zbekiston "Yevroosiyo haftaligi-2016" xalqaro anjumanida

O‘zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Parijdagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan "Yevroosiyo haftaligi-2016" xalqaro forumi ishida hamda Yevroosiyo mamlakatlari raqobatbardoshligini oshirish mavzusiga bag‘ishlangan Ishbilarmonlik anjumani va uning doirasida tashkil etilgan davra suhbatida ishtirok etdi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 12/13/2016 - 15:35

Pages