O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tomonidan ko‘rsatiladigan Davlat xizmatlari ro'yxati

05/02/2021 - 11:39 20881

1. Iqtisodiyot vazirligida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida axborot berish;

2. Iqtisodiyot vazirligi Nizomi, tuzilmasi, tarkibi, vazifalari va funksiyalari, rahbariyati, asosiy faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida axborotlar taqdim etish;

3. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish;

4. Iqtisodiyot vazirligi rahbariyati va mansabdor shaxslari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarni qabul qilish.

5. Iqtisodiyot vazirligida ishlagan (ishlayotgan) xodimlarning yoshga doir pensiyaga chiqish munosabati bilan daromadlari to‘g‘risida ma'lumotnoma taqdim etish;

6. Iqtisodiyot vazirligida ishlayotgan xodimlarning mehnat davridagi daromadlari to‘g‘risida soliq organlari, bank, Vizalar va Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlari uchun hamda ishdan bo‘shashi arafasida ma'lumotnoma berish;

7. Iqtisodiyot vazirligida ishlagan (ishlayotgan) xodimlarning mehnat faoliyatiga oid ma'lumotnoma berish.