Tovar bozorlari kon'yunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish respublika markazi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi tovar bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish Respublika markazi (Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 286-sonli qaroriga asosan iste’mol bozorida uzluksiz monitoring o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan.
Respublika markazining samarali faoliyatini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 maydagi 113-sonli “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi huzuridagi tovar bozorlari kon'yunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish respublika markazi faoliyatining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob-kitob va valyuta hisobiga, o‘z nomi yozilgan dumaloq muhrga, ish qog‘ozlari va shtampga ega bo‘ladi.
Respublika markazi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va o‘z Nizomiga asoslanib amal qiladi.
Respublika markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining topshiriqlari va buyurtmalari, tashkilotlarning buyurtmanomalari, shuningdek ilmiy ishlar va xizmatlardan foydalanuvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiradi.
Quyidagilar Respublika markazining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
- umuman respublika va hududlar bo‘yicha tovarlar bozori kon'yunkturasini o‘rganish;
- iste'mol tovarlarining alohida turlari va nomenklaturasi bozorlari kon'yunkturasini o‘rganish;
- umuman va asosiy tovarlar guruhlari bo‘yicha iste'mol bozorining holati to‘g‘risida har oylik tahliliy ma'lumotlarni hamda har choraklik kon'yunktura obzorlarini tayyorlash;
- iste'mol bozorini aholi ehtiyoji yuqori bo‘lgan tovarlar bilan to‘ldirishga doir tavsiyalar va takliflar tayyorlash;
- iste'mol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar buyurtmalari bo‘yicha, shartnoma asosida marketing va kon'yunktura tadqiqotlari o‘tkazish;
- kontraktlar tuzish bosqichida tashkilotlar uchun iste'mol tovarlarini va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilishning maqbul variantini tanlash yuzasidan, shu jumladan xarid qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
- tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha iste'mol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importining, xarid qilish-sotishning maqbul variantini tanlash bo‘yicha marketing va maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
- loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun tashabbuskor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirig‘iga binoan ko‘rib chiqish;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan investitsiya (DTIA/DTII, TIA/DTIA) loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirig‘iga binoan ko‘rib chiqish.
Respublika markazi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar buyurtmalari bo‘yicha tahliliy obzorlarni, shuningdek tovar bozorlari kon'yunkturasiga oid ma'lumotnomalarni tayyorlaydi;
- shakllanayotgan kon'yunkturadan kelib chiqqan holda, aniq turlardagi tovarlarni respublikaga olib kirishning maqsadga muvofiqligini baholash bo‘yicha tahliliy ishlarni amalga oshiradi va tegishli tavsiyalar tayyorlaydi;
- loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun tashabbuskor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirig‘iga binoan ko‘rib chiqadi;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan investitsiya (DTIA/DTII, TIA/DTIA) loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshirig‘iga binoan ko‘rib chiqadi.
Markaz direktori: Davletov Alisher Kenjaevich
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Yahyo G'ulomov ko'chasi. 1-uy.
Markazning ish vaqti: dushanba-juma 9:00 dan 18:00 gacha
Mo`ljal: Metroning "Abdulla Qodiriy" bekati
Transport: Metroning "Abdulla Qodiriy" bekati, 24, 51, 68-avtobuslar
Telefon: +99871 232-63-88
Faks: +99871 232-65-65
e-mail: info[at]rcmineconomy.uz, infocenter[at]umail.uz
Veb sayt: www.rcmineconomy.uz