Vazirlik haqida
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi quyidagi muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan, mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasini va kompleks dasturlarini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, chuqur ishlangan va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy siyosat o‘tkazilishini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi:
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotni mutanosib va dinamik rivojlantirishni ta'minlash;
ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini ta'minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
boy tabiiy va mineral - xom ashyo resurslaridan, yaratilgan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik potensialdan samarali va oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan aniq maqsadli tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport imkoniyatini rivojlantirish va mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyalashni ta'minlash;
yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat resurslarini ish bilan oqilona ta'minlash muammolarini hal etish, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholi turmush darajasining barqaror, izchil o‘sishini, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishini ta'minlash;
mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining mutanosib va kompleks rivojlanishini, ishlab chiqarish kuchlarining maqbul va samarali rivojlanishini hamda respublika hududlari bo‘yicha joylashtirilishini ta'minlash.
ISH TARTIBI
Vazirlikning ish tartibi Iqtisodiyot vazirining 2010-yil 14-maydagi "O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va nazoratni tashkil etish to`g`risida"gi buyrug`i bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparatida ish yuritish bo`yicha INSTRUKSIYAga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuqori tashkilotning to`liq nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Yuqori tashkilotning qisqartirilgan nomi: Vazirlar Mahkamasi
Vazirlikning to`liq nomi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Vazirlikning qisqartirilgan nomi: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi