Mirzayev Mubin Muxidinovich
Tarjimai hol
Mirzayev Mubin Muxidinovich 1969-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek.
Ma'lumoti: oliy, 1993-yilda Toshkent davlat universiteti, 2001-yilda Toshkent moliya instituti, 2002-yilda Yaponiyada Siyosiy fanlar milliy institutini tamomlagan.
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish va xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Mehnat faoliyati
1986-1993 yy. - Toshkent davlat universiteti talabasi (1987-1989 yy. - harbiy xizmat)
1993-1994 yy. - Toshkent davlat universiteti amaliy matematika fakulteti stajyori
1994-1996 yy. - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matematika instituti aspiranti
1996-2000 yy. - Markaziy bank pul-kredit siyosati departamenti 2-toifali iqtisodchisi, 1-toifali iqtisodchisi, yetakchi iqtisodchisi, bank tizimi likvidligini tahlil qilish va taxminlash bo‘limi boshlig‘i
2000-2004 yy. - Markaziy bank pul-kredit siyosati departamenti direktori o‘rinbosari - pul-kreditni dasturlash va bank tizimi likvidligini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i
2004-2006 yy. - Markaziy bank monetar siyosat departamenti direktori o‘rinbosari
2006-2008 yy. - Markaziy bank monetar siyosat departamenti direktori
2008-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari
2017 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish va xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari