Joriy yilning 1–25-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

28/12/2022 - 15:51 1799

Ushbu davr mobaynida bozorda apelsin 6 000 so‘mga, pomidor (pushti) 5 000 so‘mga, limon 3 500 so‘mga, olma, banan, qovun 2 500 so‘mga, sarimsoq piyoz 2 750 so‘mga, anor, behi 1 750 so‘mga, bodring, kivi 1 000 so‘mga va lavlagi 500 so‘mga arzonlagan.

Shuningdek, nok (mahalliy) 8 500 so‘mga, bulg‘or qalampiri (yashil) 4 000 so‘mga, bulg‘or qalampiri (qizil) 3 500 so‘mga, uzum, nok (import), ananas, no‘xat 2 500 so‘mga, guruch (lazer) 1 500 so‘mga, pomidor (qizil), guruch (alanga) 1 000 so‘mga, piyoz 650 so‘mga, loviya va karam 500 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, umumiy qiymati 88 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 mln AQSH  dollari ko‘p) jami 113,1 ming tonna (132 tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 19,4 ming tonna uzum, 13,5 ming tonna mosh, 13,4 ming tonna xurmo, 13,2 ming tonna piyoz, 10,2 ming tonna loviya, 5,3 ming tonnadan quritilgan meva, 5 ming tonna mayiz, 4,5 ming tonna pomidor tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 22,1 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,3 mln AQSH dollari kam) qiymatidagi jami 92,2 ming tonna (12,4 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 54,3 ming tonna kartoshka, 11,3 ming tonna mandarin, 10,9 ming tonna banan, 7,4 ming tonna piyoz, 1,3 ming tonna apelsin hamda 1,2 ming tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 15,8 ming tonna, xususan, 7,4 ming tonna kartoshka, 6,5 ming tonna piyoz, 680 tonna karam va 1,2 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

Samarqanddan 1,3 ming tonna, Toshkent viloyatidan 883 tonna kartoshka;

Jizzaxdan 2 052 tonna, Toshkent viloyatidan 1 924 tonna va Samarqanddan 1 848 tonna piyoz;

Toshkent viloyatidan 680 tonna karam;

Qashqadaryodan 645 tonna, Surxondaryodan 255 tonna, Toshkentdan 170 tonna, Buxorodan 119 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 4 135 tonna, Qirg‘izistondan 885 tonna va Rossiyadan 72 tonna kartoshka hamda Qozog‘istondan 598 tonna piyoz keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 319,1 tonna, shu jumladan, 288,3 tonna mol go‘shti va 30,8 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati