Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha joriy yilning 11 oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot

27/12/2022 - 15:50 1738

Hokim yordamchilari tomonidan 2022-yil yanvar-noyabr oylarida band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali 1,2 mln nafari doimiy ish joylariga joylashtirildi, 997 ming nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi, 101 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlikka (yollanma ishchilari bilan birgalikda) va 158 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 418 ming nafar fuqarolarga ijara asosida yer ajratildi.

Shuningdek, hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 388 mingta loyihaga 8,9 trln. so‘m imtiyozli kreditlar va 53 mingdan ortiq ishsizlarga 174,5 mlrd. so‘m subsidiyalar ajratildi.

Bundan tashqari, hokim yordamchilari tomonidan 234 ming nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun yo‘naltirilib, ularning 195 ming nafari o‘qishni tamomladi.

Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 48 mingdan ortiq “mahallabay” mikroloyihalarning 47 mingtasi ishga tushirilib, 232 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.

Bunda, 1949 ta loyihalar ko‘p qavatli uy-joylar yerto‘lasini ijaraga berish orqali, 3125 tasi mahalladagi bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanish hisobiga amalga oshirildi.

Mahallalarda amalga oshirilgan ishlar natijasida 84 mingta yuridik va 95 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, shuningdek, 6,7 mingga yaqin korxonalarning faoliyati kengaytirildi va kam quvvat bilan ishlayotgan 10,5 mingta korxonalarning quvvatlari tiklandi.

O‘tgan davrda mahallalarda aholini yashash sharoitini yaxshilash maqsadida 20,6 ming km ta’mirtalab ichki yo‘llar shag‘allashtirildi, mahalla hududidan o‘tuvchi magistral yo‘l yoqasidan maktabga qatnovchi o‘quvchilarga 1,8 ming km piyodalar yo‘lakchasi barpo etildi, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan 6506 dona transformator, 178 ming dona sim yog‘ochlar va 152 ming dona tungi chiroqlar yangisiga almashtirildi.

 

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati