Faxriylar bilan bir kun

27/12/2022 - 18:28 1942

Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash, ularga yuksak e’tibor, izzat-ikrom ko‘rsatishdir. Ushbularni hayotimizga tatbiq etish ma’nosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 15-martdagi PQ-167-son Qarori tasdiqlangan. Xususan, unda keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, parvarishga muhtoj bo‘lgan,  yolg‘iz yashaydigan keksalarning holidan xabar olish belgilangan.  

Yaqindagina Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbariyati hamda  kasaba uyushma vakillari tomonidan “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida tizimda ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilib,  hozirda nafaqada bo‘lgan bir guruh faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurildi.

Bu tashrifdan  ko‘zlangan maqsad,  davlatimizning keksalarga bo‘lgan yuksak e’tiborini, ularni holidan xabar olish bilan birga, ularga bo‘lgan  mehr-muhabbatning ifodasini va  har bir inson doimo e’zozlanishga loyiq ekanligini e’tirof etish bo‘ldi.

Elyor ABDUMALIKOV,

Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash bo‘limi xodimi