O‘ZBEKISTON IQTISODIY FORUMIDA XOTIN-QIZLAR ISHTIROKI

22/11/2022 - 14:31 538

Joriy yilning 3–4-noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan II O‘zbekiston Iqtisodiy forumida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti a’zolari faol ishtirok etishdi.

Vazirlik Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Umida Ibatxodjayeva boshchiligida bir guruh xotin-qizlar Samarqanddagi yirik xalqaro tadbirda ishtirok etib qaytishdi.

Ta’kidlash lozimki, boshlang‘ich tashkilot a’zolari o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini namoyon etgan holda forum ishining saramali tashkil etilishida va o‘tkazilishida o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ular xorijiy mehmonlarga yo‘lboshchilik qilish, gid hamrohligi va tarjimonlik, forum doirasidagi tadbirlarni yuqori darajada tashkillashtirish singari bir qator yo‘nalishlarda faoliyat olib borishdi.

Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar xalqaro maydonda O‘zbekiston imidjini yanada oshirishga xizmat qilishi, shubhasiz.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti