Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv

18/11/2022 - 12:41 397

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Muhammad al Masud, Kreditlar bo‘yicha katta mutaxassisi Abdulrahmon Al Sagir, Loyihalar bo‘yicha mutaxassis Abdulla Alluhaydan, Moliyaviy masalalar bo‘yicha katta mutaxassisi Abdulla Alazzaz hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi masul departament vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida “Qishloqlarni barqaror rivojlantirish” loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

  Jumladan, horijiy hamkorlarga loyiha doirasida 4 ta pilot hudud – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 12 nafar milliy maslahatchi (fasilitator)ning mahallalarni safarbar etish bo‘yicha o‘tkazilgan treninglari natijalari ma'lum qilindi: 

Ya'ni, 2646 nafar qishloq aholisi uchun mahallalardagi vaziyatni baholash va ularning ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha 66 ta seminar otkazilganligi va 2022-yil yakuniga qadar hududdagi 66 ta mahallada 66 ta Jamiyatni rivojlantirish rejalarini taqdim etilishi ma'lum qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, tomonlar Fond tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar yuzasidan fikr almashdilar, xususan, O‘zbekistonda 2021-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, sohalarni moliyalashtirish yuzasidan 4 ta loyihani amalga oshirish tugallangan. Bugungi kunda 196,4 million dollar qiymatidagi 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

 Uchrashuv yakunida tomonlar keyingi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga kelishib oldilar

 

 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 

Axborot xizmati