“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuv

31/08/2022 - 21:33 1303

Joriy yilning 30-avgust kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulovning “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi rivojlanayotgan Yevropa mintaqasi suveren guruhining katta direktori, O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bo‘yicha bosh tahlilchi Erik Arispe boshchiligidagi guruh vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

     Uchrashuvda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va Moliya vazirligi departament direktorlari, hamda mehmonlar tomonidan “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi suveren guruhining direktori Arvind Ramakrishnan, “Citi” davlat sektori guruhining boshqaruvchi direktori Xanan Amin Salim va “Citi” davlat sektori guruhi xodimi Gauser Robinet ishtirok etdi.

Kun tartibiga respublika iqtisodiyotini yanada barqaror rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari bilan hamkorlik masalalari kiritildi.

Uchrashuv boshida O‘zbekiston tomoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, shuningdek, keyingi yillarga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar bilan tanishtirib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlari faoliyati natijalari, davlat aktivlarini xususiylashtirish va transformatsiyalash jarayoni, ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

        Shuningdek, tomonlar erishilgan natijalar hamda xususiy sektor va xizmatlar sohasini rivojlantirish rejalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati