Namangan viloyatida 2022-yilning I yarim yilligida hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan dayjest

24/08/2022 - 23:54 1178

Viloyatda 784 ta mahalla bo‘lib, bunda 522,7 ming xonadonda 760,9 ming oilada 2 785,6 ming nafar fuqaro istiqomat qiladi.

Mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan joriy yil boshidan 522,7 mingta (100 foiz) xonadon xatlovdan o‘tkazilib, iqtisodiy ahvoliga ko‘ra 4 ta toifaga ajratib olindi.

birinchi toifa – daromadi kam, biroq daromad topishga harakat qilayotgan xonadon 93,7 mingta (17,9 foiz);

ikkinchi toifa – doimiy daromadga ega, qo‘shimcha daromad topish istagidagi xonadonlar 226,2 mingta (43,3 foiz);

uchinchi toifa – ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan xonadonlar 39,9 mingta (7,6 foiz);

to‘rtinchi toifa – iqtisodiy ahvoli yaxshi va o‘ziga to‘q xonadonlar 162,9 mingtani (31,2 foiz) tashkil etmoqda.

II chorak yakunida 784 nafar hokim yordamchisidan 323 nafari (41 foiz) a’lo, 359 nafari (46 foiz) yaxshi, 80 nafari (41 foiz) qoniqarli, 21 nafari (3 foiz) qoniqarsiz natija ko‘rsatdi.

Erishilgan ijobiy natijalariga ko‘ra hokim yordamchilarini rag‘batlantirish maqsadida joriy yilning 16-aprel kuni 50 nafar hokim yordamchisi mukofotlandi.

 

AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

Yanvar – iyun oylarida 165,7 ming nafar fuqaro bandligi ta’minlandi.

Shundan,

116,6 mingga (70 foiz) yaqin ish o‘rni hokim yordamchilari tashabbusi va ularning amaliy ko‘magi hisobiga yaratildi.

Jumladan,

35 ming 111 nafari doimiy va jamoat ishlariga joylashtirildi.

Shundan,

doimiy ishga 25 ming 094 nafar, jamoat ishlariga 10 ming 017 nafar fuqaro joylashtirildi.

114 ming 230 nafar mehnatga layoqatli ishsizdan 81 ming 509 tasi o‘zini-o‘zi band qilish orqali ish bilan ta’minlandi.

48 ming 047 nafar fuqaroga kasb-hunar olganligi to‘g‘risida tavsiyanoma berildi.

48 ming 929 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘naltirildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 865 mlrd so‘mlik kredit mablag‘i viloyatga ajratilgan.

1-iyul holatiga ko‘ra, jami 1 180 mlrd so‘m bo‘lgan 38 ming 727 ta ariza kelib tushgan.

387 mlrd so‘m bo‘lgan 15 ming 810 ta arizaga hokim yordamchilari tomonidan tavsiyanoma berilib, 9 ming 258 nafar fuqaroga 195,5 mlrd so‘m kredit ajratildi.

Natijada 9 ming 258 nafar fuqaro bandligi ta’minlandi.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob uskunalarini olib berish bo‘yicha 1 ming 821 nafar fuqaroga 2,4 mlrd so‘m subsidiya ajratildi.

PQ-20-son qarori asosida 5 ming 593 gektar (46 484 lot) yer maydonini ajratish hisobiga 46 ming 484 nafar aholining bandligini ta’minlandi.

Ular tomonidan mahsulotlar ekilishi natijasida qo‘shimcha 37,3 ming tonna sabzavot, 12,4 ming tonna poliz, 5,1 ming tonna dukkakli, 4,7 ming tonna moyli hamda 535 tonna sholi hosilini olish ko‘zda tutilgan.

Buning natijasida ushbu oilalarning 260,0 mlrd so‘m daromad olishi kutilmoqda.

2 ming 907 ta yuridik va 2 ming 674 ta yakka tartibdagi yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilishi natijasida 5 ming 581 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Hozirgi kunga qadar 9 ming 719 ta oilaga 15,6 mlrd so‘mlik homiy va tadbirkorlar mablag‘i berildi.

Jumladan,

1 ming 254 ta oilaga tikuv mashinasi;

2 ming 171 ta xonadonga 30–50 tadan parranda;

421 nafar fuqaroga mutaxassisliklari bo‘yicha asbob-uskunalar;

521 ta xonadonga chorva hayvonlari;

289 ta oilani uy-joyi ta’mirlandi;

121 ta oila farzandlarining kontrakt to‘lovi to‘lab berildi;

1 ming 519 nafar fuqaro tadbirkorlar tomonidan o‘z korxonalariga doimiy ishga qabul qilindi;

1 ming 514 ta oila a’zosini kasb-hunarga o‘qishi uchun mablag‘lar to‘lab berilmoqda.

Namuna sifatida viloyatda yirik bo‘lgan “Golden Egg of Namangan” parrandachilik korxonasi tomonidan 1 ming 100 ta xonadonga 100 tadan jami 110,7 mingta parranda ozuqasi tarqatildi.

Kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish hisobiga 30 ta mahallada 36 ta Lider tadbirkorlar tomonidan 2 ming 380 ta ish o‘rni yaratildi.

Namangan tajribasi sifatida:

12 ming 949 ta mahalladagi namunali, o‘ziga to‘q xonadonlarga 13 ming 273 ta kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar biriktirildi.

240 ta tashkilot rahbarlari tomonidan ishlayotgan 410 nafar texnik xodimning daromadini oshirish maqsadida parranda va tikuv mashinalari beg‘araz tarqatildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati