Toshkent viloyatida 2022-yilning I yarim yilligida hokim yordamchilari faoliyati yuzasidan dayjest

01/08/2022 - 09:39 578

1. Ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

Mahallalarda 87 ming 576 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan: 

22 ming 180 tasi doimiy ish o‘rinlari orqali; 

11 ming 476 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali; 

42 ming 723 tasi o‘zini o‘zi band qilish orqali; 

7 ming 392 tasi haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali; 

3 ming 805 tasi yuridik shaxs tashkil etilgan holda tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali ish o‘rinlari yaratildi. 

Masalan, Bo‘ka tumanidagi “Ko‘korol” mahallasi hokim yordamchisi tomonidan mahalladagi 174 nafar fuqarolar doimiy ish bilan band qilindi. 

Xususan,

126 nafari yer maydonlarini ijaraga olib dehqon xo‘jaligi tashkil qilish hisobiga; 

8 nafari “Bo‘ston baraka” MCHJ tikuvchilik korxonasiga ishga joylashtirilishi hisobiga; 

40 nafari boshqa ishlab chiqarish korxonalariga ishga joylashtirilishi hisobiga bandligi ta’minlandi.

 

2. Kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra: 

Viloyat bo‘yicha 14 ming 865 nafar fuqarolar kasb-hunarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi. 

Jumladan: 

8 ming 716 nafari Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari;

1 ming 709 nafari nodavlat ta’lim tashkilotlari; 

379 nafari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi; 

388 nafari Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan o‘qitildi. 

Ma’lumot uchun: Yangiyo‘l tumani “Keskan” MFY hokim yordamchisi tomonidan 12 nafar yoshlar va xotin-qizlar “Ishga marhamat” monomarkaziga yo‘llanma asosida o‘qitilib, bandligi ta’minlandi. 

 3. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra: 

11 ming 476 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik; 

3 ming 805 ta yuridik shaxs tashkil etgan holda yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. 

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 10 ming 487 ta loyihalarga 299,9 mlrd so‘m kreditlar ajratildi.

Masalan, Parkent tumani “Kumushkon” MFY hokim yordamchisi tomonidan 2 ta lider tadbirkor jalb etilib, yangi 25 ta ish o‘rni tashkil etildi. 

25 nafar kredit asosida tadbirkorchilikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarga ijobiy tavsiyalar berildi. 

Shundan, 16 nafar fuqaroga 241,8 mln so‘m imtiyozli kredit olishda ko‘maklashilib, xonadonlarda tikuv sexi, qo‘ziqorinchilik, parrandachilik va qo‘ychilik tashkil qilindi. 

4. Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida: 

267 ta oilalarga 9,2 mlrd so‘mlik qoramol; 

4 ming 252 ta oilalarga 123,0 mlrd so‘mlik qo‘y-echki; 

347 ta xonadonga 7,8 mlrd so‘mlik parranda; 

70 ta oilalarga 1,9 mlrd so‘mlik quyonlar imtiyozli kredit hisobiga tarqatildi;

625 ta xonadonga 17,0 mlrd so‘mlik ixcham issiqxona tashkil etish uchun; 

122 ta oilalarga 2,9 mlrd so‘mlik bog‘dorchilikni tashkil etish uchun; 

303 ta oilalarga 8,8 mlrd so‘mlik asalarichilikni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. 

Masalan, 

Yangiyo‘l tumani “Darxon” MFY hokim yordamchisi tomonidan “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida issiqxonalarda gulchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Xususan,

Bugungi kunda mahalladagi 218 ta xonadonlarda issiqxonalar mavjud bo‘lib, shundan gulchilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan xonadonlar 158 tani tashkil qiladi. 

Mahallada 200 turdan ortiq 3,6 mln donaga yaqin gul mahsulotlari yetishtirilmoqda. 

Shuningdek, Qibray tumani “Bunyodkor” MFY hokim yordamchisi tomonidan hozirgi kunda 28 ta xonadonlarda 2 800 boshdan ortiq jo‘ja yetishtirish; 

baliqchilik yo‘nalishida kooperatsiya usulida 4 ta xonadonda xonaki baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarning bandligi ta’minlandi.

 

5. Kredit va subsidiyalar ajratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida “Onlayn mahalla” platformasi orqali jami qiymati 982,6 mlrd so‘m bo‘lgan 29 ming 011 ta loyihalar uchun arizalar kelib tushgan. 

Shundan, 

hokim yordamchilari tomonidan 383,4 mlrd so‘m bo‘lgan 13 ming 433 ta loyihalarga ijobiy tavsiyanomalar berilgan. 

10 ming 487 ta loyihalarga 299,9 mlrd  so‘m kreditlar ajratilgan.

Xususan,

qo‘ychilik tashkil qilish uchun 4 ming 252 ta (123,0 mlrd so‘m); 

ishlab chiqarishga 1 ming 590 ta (47,9 mlrd so‘m), 

tikuvchilikka 1 ming 309 ta (24,7 mlrd so‘m); 

xizmat ko‘rsatishga 1 ming 197 ta (43,3 mlrd so‘m); 

issiqxonaga 625 ta (17,0 mlrd so‘m); 

qoramolga 267 ta (9,2 mlrd so‘m); 

parrandachilikka 347 ta (7,8 mlrd so‘m); 

asalarichilikka 303 ta (8,8 mlrd so‘m); 

baliqchilikka 132 ta (5,9 mlrd so‘m); 

bog‘dorchilikka 122 ta (2,9 mlrd so‘m); 

quyonchilikka 70 ta (1,9 mlrd so‘m); 

boshqa yo‘nalishlarga 273 ta (7,5 mlrd so‘m) kreditlar ajratildi.

MasalanYangiyo‘l shahar “Navro‘z” MFY hokim yordamchisi tomonidan 10 nafar fuqaroga tikuvchilik faoliyatini tashkil etish uchun 130,4 mln so‘m; 

4 nafar fuqaroga qo‘ychilik uchun 33,5 mln so‘m kreditlar ajratildi hamda 26 nafar aholi ish bilan band qilindi.

Shuningdek, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob-uskunalari olib berish bo‘yicha 999 nafar fuqaroga 4,5 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratildi.

 6. Sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasida loyihalar amalga oshirish amalga oshirilayotgan ishlar:   

2022-yilning I yarim yilligida umumiy qiymati 106,5 mlrd so‘m bo‘lgan jami 227 ta loyiha taqdim etildi. 

Loyihalar ishga tushirilishi natijasida 2,7 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Masalan, Nurafshon shahri “Chig‘iriq” MFY hokimi yordamchisi tashabbusi bilan mahallada umumiy qiymati 101,0 mln so‘m bo‘lgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shaxobchasi tashkil qilinishi natijasida 15 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.

7. Kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar: 

Bekobod tumani “Yoshlik-2” mahallasida asosiy yo‘ldan qishloq markazigacha bo‘lgan 2,5 km yo‘l to‘liq ta’mirlandi. 

Saxovat ko‘chasida 370 metr piyodalar yo‘lagi tashkil qilindi. 

Piyodalar yo‘lagi yon qismiga uzum ko‘chatlari ekish uchun 200 metr uzunlikda so‘rilar o‘rnatildi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 6,0 km suv quvurlari yotqizilib, 80 foiz aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 6 ming 125 ta manzarali ko‘chatlar hamda teraklar ekildi.

8. Boshqa masalalar: 

Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish maqsadida jami 5 ming 627 ga bo‘lgan yer maydonlari 18 ming 827 ta lotlarga bo‘lib, “E-auksion” onlayn platformasiga joylashtirildi. 

15 ming 766 ta umumiy maydoni 4 ming 671 ga bo‘lgan yer maydonlari auksion natijasiga ko‘ra ajratildi.

Masalan, O‘rta Chirchiq tumani “Qorasuv” MFY hokim yordamchisi “FRESH FOOD PACK” MCHJ bilan hamkorlikda yer maydonlarini ijaraga olayotgan 300 nafardan ortiq ishsiz fuqarolar bilan 80 gektar maydonlarga makkajo‘xorini yetishtirib berish yuzasidan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati