Sirdaryo viloyatida “mahallabay” ishlash va hokimyordamchilari faoliyati samaradorligi yuzasidanpress-tur tadbirlari tashkil etildi

31/07/2022 - 09:34 604

Joriy yilning 26–27-iyul kunlari davomida Sirdaryo viloyatida “mahallabay” ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi, o‘tgan 6 oy davomida erishilgan natijalar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida ikki kunlik press-tur tadbirlari tashkil etildi.

Xususan, Sirdaryo viloyatida 236 nafar hokim yordamchilari va ularga amaliy ko‘mak berish uchunvazirlik va idoralardan biriktirilgan 14 nafar rahbar-xodimlar o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.

 Viloyatda 167,0 mingta xonadonlar (reja: 166,7 mingta) “xonadonbay” to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, 4 ta toifaga ajratib olindi. 

 Xonadonlarning 8,9 foizi (14,8 ming) kam daromadli, 54,9 foizi (91,5 ming) qo‘shimcha daromadga ehtiyoji bor, 6,0 foizi (9,9 ming) ijtimoiy himoyaga muhtoj, 30,2 foiz (50,2 ming) o‘ziga to‘q xonadonlar ekanligi aniqlandi.

 Hokim yordamchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichini 6 oylik yakuni (KPI) baholash tizimi bo‘yicha 49 tasi a’lo, 159 tasi yaxshi, 24 tasi qoniqarli va 4 tasi qoniqarsiz natijaga erishdi. 

 Joriy yil 6 oy davomida hokim yordamchilarining tashabbusi bilan 43,9 ming nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi, shundan 19,9 ming nafari o‘zini o‘zi band qilish, 7,4 ming nafari doimiy ish joylarga, 8,3 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joylashtirish, 6,8 ming nafari yer ajratish hisobiga to‘g‘ri keladi. 

 Viloyat bo‘yicha 1-iyul holatiga 6 980 nafar tashabbuskorlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 207,1 mlrd so‘mlik kredit ajratildi.

 Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qishga 4 322 nafar fuqarolar yo‘naltirilib, “Ishga marhamat”monomarkazlari va boshqa nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qitildi.

 Viloyatda jami 2 860 ta, shundan, 1 241 ta yuridik va 1 619 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 Hokim yordamchilari tomonidan 58 ta korxonalar quvvatlari tiklandi, 101 ta korxonalar faoliyati kengaytirildi va 39 ta bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishga erishildi.

 Shuningdek, viloyatda chorva va parranda yo‘nalishida 13 ta lider tadbirkorlar aniqlanib, shundan3 ta lider tadbirkorlar tomonidan bugungi kunda 180 taxonadonlarda kooperatsiya asosida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan.

 Masalan, Sirdaryo tumanida “Sirdaryo chorvaparranda” MCHJ tomonidan bir-biriga tutash bo‘lgan5 ta (Intilish, Ilg‘or, Turkiston, Quyosh, Istiqlol) mahallalardagi 55 ta xonadonga o‘rtacha 150-200 boshdan 9022 bosh parranda kooperatsiya asosida tarqatildi.

 Press-turning 1-kunida ishtirokchilar Gulistonshahri va Guliston tumanida hokim yordamchilarining tadbirkorlar bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari, aholini ish bilan band qilish va doimiy daromadga ega bo‘lishdagi yordami bilan tanishdilar.

 Dastlab, press-tur qatnashchilari Guliston shahridagi kasb-hunarga o‘qitish “Ishga marhamat” Monomarkazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bugungi kunda Monomarkazda 26 ta yo‘nalishlar bo‘yicha jami 1 ming 540 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilib, malaka sertifikati va guvohnomalari berib kelinmoqda. 

 Mazkur o‘quv markazida o‘tgan davr mobaynida jami 1 ming 107 nafar fuqarolar o‘zlari qiziqqan kasb-hunarlarga o‘qitilib, sertifikat va guvohnomalar berildi. Shundan, “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlar 26 nafarni, “Temir daftar”ga kirgan fuqarolar 3 nafarni, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar 28 nafarni hamda ro‘yxatda turmagan band bo‘lmagan ishsiz fuqarolar 915 nafarni tashkil etadi.

 Keyingi manzil Guliston shahrining “Bog‘ishamol” mahallasi bo‘lib, bu yerda joylashgan mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Mebelcity” MCHJ faoliyati bilan tanishildi. Xususan, korxona maydoni 90 sotixdan iborat bo‘lib, Mikrokredit Sirdaryo viloyat filiali tomonidan 1,0 mlrdso‘m kredit mablag‘i ajratilgan.

 Hozirgi kunda korxonada 25 nafar ishchi xodim mehnat qilmoqda, ulardan 8 nafari ayollar va 17 nafarini yoshlar tashkil etadi. Bundan tashqari mahallamizdagi ishsiz yosh yigitlarni ustoz-shogird usulida doimiy kasbga o‘rgatish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, press-tur ishtirokchilari “Bo‘ston”mahallasida joylashgan “Hunarmandlar” uyushmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 2022-yilda “Hunarmandlar” uyushmasiga 521 nafar hunarmand a’zo bo‘lib, shundan 185 nafari (35,6 %) erkaklar, 336 nafari (64,4 %) ayollarni tashkil etadi. 

 2022-yilda hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan kreditlar va subsidiyalar hisobiga 2 ming 114 nafar (464 nafar hunarmand, 1650 nafar shogird) yangi ish o‘rinlarini tashkil etishbelgilangan.

 Joriy yilning 1-iyul holatiga jami 1 ming 130 nafar, shundan 258 nafari usta-hunarmandlar va 872 nafar shogirdlar hisobiga yangi ish o‘rinlari tashkil etildi va bu 6 oylik rejaga nisbatan 101,6 foizni tashkil etmoqda. 

Keyingi manzil Guliston tumani “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkor Sayfullayeva Fazilat tomonidan tashkil qilingan“ Bolalar uchun maxsus sog‘lomlashtirish xizmatlari” bo‘ldi. Tadbirkor tomonidan bolalarni davolash uchun gidrovanna, massaj orqali davolash sihatgohi tashkiletilgan.

 Tadbirkorga hokim yordamchisi tomonidan 33 mln so‘m kredit ajratilgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida bolalar massaj, sog‘lomlashtirish markazi tashkil qilinib, ushbu faoliyat orqali oyiga o‘rtacha 15-20 mln so‘m daromadga ega bo‘linmoqda.

 Shuningdek, ishtirokchilar “Mevazor” mahallasidagi “Mevazor mebel servis” MCHJ (mebelva mebel jihozlari ishlab chiqarish) sexi faoliyatinibilan tanishdilar. Korxonasida 50 dan ortiq fuqarolarbandligi ta’minlangan. Korxona o‘z faoliyatini kengaytirish, mebellarga butlovchi qismlarini (metall konstruksiyalarini) o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lgaqo‘yish bo‘yicha hokim yordamchisi hamkorligi orqali 20 nafar ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bandligi ta’minlandi.

 Shu bilan birga, qatnashchilar Guliston tumanining “Yulduz” mahallasidagi tadbirkor Ergashev Sanjar tomonidan tashkil etilgan toker sexi, savdo do‘koni, filtirlangan suv va ovqatlanish shaxobchasi faoliyati bilan tanishdilar. Xususan, filtirlangan suv dastgohlarini sotib olish uchun tadbirkorga 33 mlnso‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Bugungi kunda tadbirkor tomonidan 10 kishining bandligi ta’minlangan.

 Keyingi jarayon “Birlashgan” mahallasi hududidagi ishsiz fuqarolarga dehqonchilik uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonlari negizida “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida tashkil qilingan qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi faoliyati bilan tanishish bo‘ldi. Bugungi kunda 32 nafar fuqarobandligi ta’minlanib, “QO‘YBOTGAN QALQONI” ishlab chiqarish kooperativi tashkil etildi. Har yarim gektardan bir yilda 40 mln so‘m miqdorida daromadolish imkoni yaratildi.

 Bundan tashqari, press-tur ishtirokchilari “Ibrat” mahallasi hududida lider tadbirkor “Miss meledi” MCHJ tomonidan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kiyim-kechak, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishdilar. 

 Korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida 1 mlrd so‘m miqdorida kreditlar ajratilishida hokim yordamchisi tomonidan amaliy yordamlar berildi. Shuningdek, bir biriga tutash bo‘lgan “Ibrat”, “Ahillik” “A.Yassaviy”, va “Do‘stlik” mahallalaridagi 80 ta xonadonlardagi ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida tikuvchilik yo‘nalishidagi kooperatsiyasi tashkil etildi. Buning evaziga bugungi kunda 100 dan ortiq ishsiz ehtiyojmand ayollar bandligi ta’minlandi.

 Tadbirning 2-kuni viloyatning Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlarida tashkil etildi.

 Xususan, press-tur ishtirokchilari Mirzaobod tumani “Do‘ngariq” mahallasi hududida lider tadbirkor “Yallama mega eksport” MCHJ tomonidan tumanda yetishtirilgan qovun mahsulotini eksportga yuklab jo‘natish logistikasi faoliyati bilan tanishdilar.

 Lider tadbirkor hamda “Do‘ngariq” MFY hokim yordamchisi tomonidan tumanda yetishtirilgan qovun mahsulotini chet elga eksport qilish maqsadida logistika yaratilgan. Ushbu loyiha mavsumiy hisoblanib 2 oy mobaynida faoliyat ko‘rsatadi va jami 60 ta transportda mahsulot jo‘natiladi. Har bir transportga o‘rta hisobda 30-40 ming so‘mlik 1 ming050 dona karobka joylanadi. Har 3 kunda 2 ta transportda mahsulot ortib jo‘natiladi. Mavsum davomida 2,2 mlrd so‘mlik tovar aylanmasi bo‘lib, tadbirkorning sof foydasi 1,2 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Ushbu logistika orqali bugungi kunda 15 ta ish o‘rni yaratilgan.

 Keyingi manzil Oqoltin tumanidagi “Shodlik” MFYda tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi bo‘ldi. Mahalla binosining o‘zida bugungi kunda 3 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qitish markazlari tashkil etilgan. O‘quv kurslarida tikuvchilik, kompyuter savodxonligi hamda qandolatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha joriy yilning boshidan jami 126 nafar fuqarolari kasb-hunarga o‘qitilib, malaka sertifikatlari berib kelinmoqda.

 Shuningdek, qatnashchilar Sayhunobod tumani “Paymard” mahallasi hududida lider tadbirkor “Dilnoza-Fotima Hamkor” ishlab chiqarish kooperativi tomonidan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kiyim-kechak tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu kooperatsiya orqali bugungi kunda 6 ta yoshlar hamda 4 ta ishsiz ehtiyojmand ayollar bandligi ta’minlandi.

 Shu bilan birga, press-tur ishtirokchilari Sirdaryo tumani “Farovon” mahallasidagi “YATT Ma’murova Tursunoy Murodjonovna” tomonidan tashkil qilingan kiyim-kechak tikuv-tirikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan tanishdilar. “Farovon” MFY qahramonlar ko‘chasida joylashgan MFY binosining bo‘sh turgan qismidan joriy yilning fevral oyida joy ajratildi. Joriy yilning aprel oyida 33,0 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratilib, yakka tartibdagi tadbirkorlik tashkil etilgan hamda 6 dona tikuv dastgohlari olinib, “ustoz shogird” yo‘nalishi bo‘yicha 10 nafar qizlar Bandlik jamg‘armasining subsidiyasi hisobidan kasb-hunarga o‘rgatilmoqda.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikniqisqartirish vazirligi

Axborot xizmati