Mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan navbatdagi press-tur tadbirlari Samarqand viloyatida tashkil etildi

23/06/2022 - 10:15 315

Ma’lumki, joriy yilning iyun-avgust oylarida respublika bo‘ylab viloyatlarda mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan ikki kunlik press-tur tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

         Xususan, 21–22-iyun kunlari ommaviy axborot vositalari va blogerlar ishtirokida navbatdagi press-tur Samarqand viloyatida tashkil etildi.

Dastlab, hokim yordamchilari tomonidan 5 oylik erishilgan natijalar haqida tadbir ishtirokchilariga ma’lumot berildi. Jumladan, 1-iyun holatiga ko‘ra hokim yordamchilari yordami bilan mehnatga layoqatli, ishlash istagi mavjud 128 ming 836 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 741 ta kichik ishlab chiqarish, 1 477 ta kichik xizmat ko‘rsatish va 90 ta ko‘p qavatli uy-joylar yerto‘lasini ijaraga berish orqali savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etildi.

            Tadbirning dastlabki manzili Samarqand shahrida joylashgan “Bibixonim” o‘quv markazi bo‘ldi. Ushbu o‘quv markazida pazzandachilik, tikuvchilik, oilaviy hamshiralikka tayyorlash, sartaroshlik kabi bir qator sohalarni yoshlar o‘rganib kelmoqdalar.

         Keyingi manzil Samarqand tumanida bo‘lib, u yerda ko‘chatchilik yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdan iborat bo‘ldi. Jumladan, “Dehnav” mahallasi ko‘p yillardan beri ko‘chatchilik yo‘nalishida yetakchi bo‘lib kelmoqda. Misol uchun, 1 oyda 1 ta xonadonda 3-4 sotixga ekilgan hosil 129 ming bog‘ ko‘katni tashkil etiadi (1 kg urug‘ 35 ming so‘m). Bundan kelib chiqadiki, 1 bog‘ ko‘kat - 1400 ming so‘m bo‘lsa, bir oyda o‘rtacha daromad - 8,0-10,0 mln so‘mni tashkil etilishi ta’kidlandi.

         Bundan tashqari, ushbu tumanning “Jo‘yi Abbos” mahallasida xonadonlarga kooperatsiya usulida “Lider tadbirkor” tomonidan xonadonlarga qalamcha shaklida ko‘chatlar yetkazib berilib, xonadon 2 yil davomida parvarishlaydi va 2 yildan so‘ng “Lider tadbirkor” tomonidan ushbu ko‘chatlarni qaytarib sotib olish yo‘li bilan, har bir ko‘chat uchun o‘rtacha 15 ming so‘mdan ushbu xonadon daromad ko‘rishiga hokim yordamchisi tomonidan alohida e’tibor qaratiladi.

         Shu bilan birga, Urgur tumanida joylashgan bir qator xonadonlar hamda xususiy tashkilotlarga tashrif buyurish bo‘ldi. Xususan, “Sovg‘on” mahallasida “Mahallabay” ishlash tizimi orqali mavjud 1080 xonadonda 5394 nafar fuqoro xonadonbay xatlovdan o‘tkazilib, kam ta’minlangan oilalarga manzilli yordam berish yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, mahallada yangidan tashkil etilgan “XULKAR XAYITMUROT” oilaviy korxonasiga imtiyozli kredit evaziga 5 mingta tuxum sig‘imiga ega inkubator olib berilib, inkubatordan hozirgi kungacha 7300 dona tuxumdan jo‘jalar ochirilib, kooperatsiya usulida “daftarlarda” turadigan kam ta’minlangan 25 ta xonadonlarga tarqatildi.

 Shu bilan birga, “Dehqonobod” mahallasida 2 ta savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi tashkil etilgan.

 

Ushbu savdo va maishiy xizmat nuqtalarida jami 32 nafar ishsiz xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlangan bo‘lib, ularning o‘rtacha oylik daromadi 2,5-3,0 mln so‘mni tashkil etmoqda.

          Shuningdek, “Mergancha” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan “URGUTINE TEXTILE” oilaviy korxonasiga 1 mlrd 300 mln so‘m imtiyozli kredit olishda yordam berilib, mahalladagi 45 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta’minlagan. “Yetakchi tadbirkor”ga biriktirilgan ishsiz fuqarolarning bir oylik daromadi o‘rtacha 2,5-3 mln so‘mni tashkil etmoqda.

         Press-tur davomida “Yangiobod” mahallasi hokim yordamchisi bilan birgalikda to‘ndo‘zlik yo‘nalishida faoliyat yutituvchi “Mehrigul tekstil 777” oilaviy korxonasiga tashrif buyurildi.

Ushbu korxonaga hokim yordamchisi yordami bilan 220 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilib, mahalladagi 25 nafar ishsiz xotin-qizlar milliy liboslar (to‘ndo‘zlik) yo‘nalishida ish bilan ta’minlandi.

          “O‘ramas” mahallasi markazida “O‘ramas Nur Makon” MCHJ tomonidan hunarmandchilik asosida sovg‘a qutilarini yasash yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu korxona 15 ta xonadonlardagi 25 nafar ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta’minlamoqda. Har bir ishchi bir kunda 300 donagacha sovg‘a qutilarini tayyorlaydi va xonadonlarning har bir a’zolari o‘rtacha 2,0-2,5 mln so‘mdan daromad olish imkoniga ega. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, korxona qoshida tikuvchilik sexi ham tashkil etilgan bo‘lib, 6 nafar ishsiz fuqarolar bandligi ta’minlangan.

         So‘ngra, “Tayloq” tumanida joylashgan ishtirokchilar “Favvorit Shoyes” ma’suliyati cheklangan jamiyatida tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu korxonada sport uchun poyabzallar ishlab chiqilib, xodimlarning bir qismi “Temir daftar”ga kiritilganligi ta’kidlandi.

         Tadbirning 2-kuni “Payariq” tumani “Choshtepa” mahallasi bo‘ldi. Shu jumladan, hududdagi 44 nafar ijtimoiy daftarda turuvchi fuqarolarga ajratilgan 8,8 gektar yer va 241 ta xonadonlarda 2,5 gektar dorivor “bamiya” o‘simligi parvarishi bilan tanishildi.

Shuningdek, tadbirkor aholi daromadini oshirish maqsadida mahsulot yetishtirishdan oldin urug‘lik, o‘g‘it va bo‘nak mablag‘lari bilan aholini ta’minlaydi.

          Bundan tashqari, hokim yordamchisi yordami bilan fuqaro Idrisov Alisherga xonaki tovuqlarni ko‘paytirish hamda aholiga arzon jo‘ja yetkazib berish maqsadida 1056 ta sig‘imlik inkubator olish uchun 10,5 mln so‘mlik subsidiya ajratildi. Bugungi kunda, hududdagi 54 ta xonadonga o‘rtacha 20-30 boshdan xonaki jo‘jalar sotilmoqda.

Press-tur ishtirokchilarining keyingi manzili “Oqdaryo” tumanidagi “Pichoqchi” mahallasida tashkil etilgan o‘quv markazi, quruq mevalar eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxona bo‘ldi.

   Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tumanda aholi bandligini ta’minlash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan 22 nafar fuqaroga 42,0 mln so‘mlik asbob-uskuna va 2 nafar tomorqa yer egalariga 14,0 mln so‘mlik issiqxona, jami 24 nafar fuqaroga, 56,0 mln so‘mlik subsidiya ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan subsidiya olishga ehtiyoji bor fuqarolarga yetkazib berildi.

Shuningdek, 2022-yilda hokim yordamchisi tomonidan aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan ta’minlash uchun 29,5 mln so‘m mablag‘lar ajratildi.

         So‘ngra, “Ishtixon” tumanida joylashgan “Xalqobod” mahallasi hududidagi “Xalqobod Tikuvchi qizlari” MCHJ faoliyati, tashkil etilayotgan “Obod maskan” mahalla markazi, “Xalqobod qora tovuqlari” OK faoliyati, “Safoxo‘ja” mahallasidagi “Maroqand sifat tekstil” korxonasi faoliyati hamda “Chinortepa” mahallasida joylashgan “Otabek Jamshidbek mahsulotlari” MCHJning qurutchilik faoliyati bilan tanishildi. 

         Shuningdek, press-tur ishtirokchilari “Kattaqo‘rg‘on” tumani “Mundiyon” mahallasida joylashgan “Kumush tola” xususiy korxonasi bilan tanishdilar.

Ushbu korxona pilla mahsulotini qayta ishlash va ipak gilam to‘qish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Jumladan, hokim yordamchisi hamda korxona ta’sischisi tomonidan kooperatsiya orqali maktab hamda kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida sinov muddati bilan ish o‘rganib hamda shu ishga joylashish imkoniyatlari kelishib olindi.

Shu bilan birga, ushbu hududdagi “Obod mahalla markazi” misolida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishib o‘tildi.

          Press-turning so‘nggi manzili “Pastdarg‘om” tumani bo‘ldi. Ushbu tumanning “Olmazor” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-20-son qarori asosida mahalladagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da turgan ishsiz fuqarolarga berilgan yer maydonlariga ekilgan eksportbop “kungaboqar” ekini hamda “Qorag‘uppa” mahallasida “Mahallabay” ishlash tizimi asosida aholi xonadonlarida tashkil etilgan “mebelchilik” yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International