OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

15/06/2022 - 17:44 885

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish  2022-yil 15-Iyundan–24-Iyungacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI

  1. Iqtisodiy o‘sishni hududlar hamda sifat omillari kesimida tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i – vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, vazirlik yoki idoralarda ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritgan, shunIngdek, rahbar lavozimida kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi va umumiy ish staji 8 yil bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarini rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash va ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi;
  4. Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
  5. O‘zbekiston Respublikasi hududlarini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribaning O‘zbekiston sharoitida qo‘llash va xalqaro tashkilotlar hamda moliya institutlari bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  6. Katta hajmdagi statistik va tahliliy ma’lumotlar bilan ishlay olish ko‘nikmasining shakllanganligi;
  7. Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti va hududlar iqtisodiyotiga ta’sirlarini baholay olish hamda taklif ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi;
  8. Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning tahlili asosida hududlarning iqtisodiy rivojlanish dinamikasini hamda undagi muammolarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
  9. Jamoa bilan ishlash, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish va professional qaror qabul qilish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
  10. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarda tahsil olgan, magistr darajasiga ega bo‘lgan, vazirlik hamda idoralarda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining sifat omillari va hududlar bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash;
  2. Har oy yakuni bo‘yicha hududlar rivojlanish tendensiyasini aks ettiradigan tahliliy materiallarni tayyorlash;
  3. Katta hajmdagi statistik ma’lumotlar bilan ishlash va operativ ma’lumotlar shakllantirish;
  4. Iqtisodiyot va hududlarni rivojlantirish yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari hamda boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, o‘z vakolati doirasida takliflarni kiritib borish;
  5. Hududlarni iqtisodiy o‘sishi sifat omillari asosida tahlil qilish va prognozlash;
  6. Hududlarni joylashuvi va ixtisoslashuvidan kelib chiqib o‘sish nuqtalarini (drayverlarini) aniqlash;
  7. Hududlar rivojlanishi bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  8. Xalqaro tashkilotlar bilan hududlarni rivojlantirish masalalarida birgalikda ishlash hamda doimiy hamkorlik olib borish.

 

  1. Strategik rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish hamda
    uzoq muddatli o‘sish omillarini tahlil qilish boshqarmasi
    boshlig‘i – vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga (magistr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlarga afzallik beriladi) ega bo‘lishi;
  2. Vazirlik va idoralarda iqtisodiyot hamda makroiqtisodiy prognozlashtirish yo‘nalishida kamida 5 yil hamda rahbar lavozimida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining, Respublika hududlarini o‘rta va uzoq muddatli davrda rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  5. Matematika, statistika va ekonometrika vositalarini iqtisodiyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  6. O‘zbekiston Respublikasini strategik rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  7. Katta hajmdagi statistik maʼlumotlar bilan ishlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  8. Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga taʼsirlarini baholash, ularni prognoz qilish ko‘nikmasining mavjudligi;
  9. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  10. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi.

Vazifalar:

  1. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishining sifat omillari va strategik rivojlanish bo‘yicha tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlash;
  2. Katta hajmdagi statistik maʼlumotlar bilan ishlash va operativ maʼlumotlar shakllantirish;
  3. Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda strategik rivojlanish yo‘nalishiga taalluqli hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish va vakolati doirasida takliflar kiritib borish;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatning o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish;
  5. Xalqaro tajriba asosida o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini takomillashtirib borish;
  6. Strategik rivojlanish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  7. Xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ishlash, hamkorlik olib borish.

 

URBANIZATSIYA VA UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Urbanizatsiyani rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi – vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

  1. Аrxitektura, shaharsozlik yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega, vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarda shaharlarni rivojlantirish, urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish yo‘nalishida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublika urbanizatsiya jarayonlarini va shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi.
  3. Hududlarda shaharsozlikni rivojlantirish, urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha strategiya va dasturlar hamda hududlar bosh-rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
  4. Hududlarni bosh-rejalariga muvofiq kengaytirish, rivojlantirish va ushbu jarayonlarda vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning mavjud bo‘lishi.
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyatli boʻlish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish.
  6. Oʻzbek tilini mukammal va chet tillarini (ingliz tili) yuqori darajada bilgan, arxitektura, shaharsozlik va urbanizatsiya yoʻnalishida xorijiy davlatlarda amaliyot oʻtagan va malaka oshirgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

 

Vazifalar:

 

  1. Shaharlarni rivojlantirish, shuningdek, urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy monitoring qilib borish.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, urbanizatsiya sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash
    va takliflar berish;
  3. Urbanizatsiyani rivojlantirishda kichik, katta va yirik shaharlarni rivojlantirishni inobatga olgan holda strategiya/konsepsiyalarini ishlab chiqish
    va ularni amalga oshirishda shaharsozlik normalaridan foydalanish.
  4. Bosh rejalar, rejalashtirish sxemalari-yu batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
  5. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodologik ko‘mak berish, mahalliy hokimliklar va tijorat banklari bilan hamkorlikda urbanizatsiya sohasini tartibga solishda ko‘maklashish.
  6. Hududlarni rivojlantirish, jumladan, shaharlar aglomeratsiyasi, yo‘ldosh shaharlarni tanlab olish, shaharlarni kengaytirish “O‘sish nuqtalar”ni aniqlash bo‘yicha uslubiy va amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish.

 

 

XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA HUDUDLARNING MASTER-REJALARINI ISHLAB CHIQISHNI MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI

Xizmatlar sohasida infratuzilma loyihalari va master-rejalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassis – vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega, vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishida kamida 6 yillik ish stajiga ega hamda kamida 2 yil rahbar lavozimida ishlagan boʻlishi.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududlarini va ularda xizmatlar sohasini rivojlantirish yoʻnalishida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash koʻnikmasining mavjudligi.
  3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jumladan ularni xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha strategiya va dasturlar hamda master-rejalarni ishlab chiqish boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi.
  4. Hududlarning master-rejalariga muvofiq xizmat koʻrsatish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish, ushbu jarayonlarda vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarning mavjud boʻlishi.
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyatli boʻlish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish.
  6. Oʻzbek tilini mukammal va chet tillarini yuqori darajada bilgan, hududlarni rivojlantirish yoʻnalishida xorijiy davlatlarda amaliyot oʻtagan va malaka oshirgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

 

 

Vazifalar:

  1. Hududlarni rivojlantirish, shuningdek, xizmat koʻrsatish, hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy monitoring qilib borish.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va takliflar berish;
  3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya/konsepsiyalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirishda master-reja mexanizmidan foydalanish.
  4. Hududlarning master-rejalariga muvofiq xizmat koʻrsatish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish, ushbu jarayonlarda vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
  5. Mahalliy hokimliklar va tijorat banklari bilan hamkorlikda hududlarda xizmat koʻrsatish loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish.
  6. Hududlarni rivojlantirish, jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirish, tumanlar va shaharlar iqtisodiyotida “Oʻsish nuqtalar”ni aniqlash.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International