Joriy yilning 1-13-iyun kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

15/06/2022 - 16:28 662

Ushbu davr mobaynida bozorda kartoshka (yangi hosil) 2 000 so‘mga, piyoz (yangi hosil) 800 so‘mga va tarvuz 2 000 so‘mga arzonlagan bo‘lsa, kartoshka (import) 750 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1–13-iyun kunlari umumiy qiymati 44,1 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,5 mln dollar kam) jami 83 ming tonna (13,4 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 19,4 ming tonna tarvuz, 15,6 ming tonna piyoz, 6,9 ming tonna pomidor, 6,6 ming tonna gilos, 5,5 ming tonna olxo‘ri, 5,1 ming tonna sabzi, 2,6 ming tonna olma, 2,5 ming tonna loviya, 1,6 ming tonnadan karam va lavlagi, 1,4 ming tonna qovun, 1,2 ming tonna ko‘kat, 1,1 ming tonna mosh tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 5,5 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,7 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 21,2 ming tonna (3,1 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 16,9 ming tonna kartoshka, 1,7 ming tonna banan, 313 tonna apelsin, 183 tonna olma, 100 tonna kivi va 80 tonna mandarin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-13-iyun kunlari hududlardan jami 14,0 ming tonna, xususan, 5,5 ming tonna kartoshka, 5,7 ming tonna piyoz, 425 tonna karam va 2,4 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

Toshkent viloyatidan 1 528 tonna, Namangandan 1 000 tonna, Surxondaryodan 592 tonna va Samarqanddan 438 tonna kartoshka;

Toshkent viloyatidan 2 880 tonna va Surxondaryodan 2 843 tonna piyoz;

Toshkent viloyatidan 425 tonna sabzi;

Toshkent viloyatidan 561 tonna, Andijondan 357 tonna, Surxondaryodan 330 tonna, Buxorodan 293 tonna, Xorazmdan 254 tonna, Jizzaxdan 209 tonna, Sirdaryodan 206 tonna va Qashqadaryodan 184 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokistondan 1 804 tonna va Afg‘onistondan 172 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–13-iyun kunlari jami 202,1 tonna, shu jumladan, 174,4 tonna mol go‘shti va 27,7 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International