Mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan press-tur tadbirlaridan lavhalar

14/06/2022 - 20:13 657

Joriy yilning 13-iyun sanasida Namangan viloyati bo‘yicha Mahallabay ishlash hamda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni tanishtirish bo‘yicha maxsus press-tur tadbirlari tashkil etildi.

Dastlab Namangan tumanida “Olahamak”, “Kaykovus”, “Guldirov”, “Nurtepa”, “Kichik Toshbuloq”, “Navqiron”, “Mirishkor”, “Bo‘ston”, “Navro‘z”, “Qorako‘l” MFY hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, tumanda hokim yordamchilari “Mahallabay ishlash orqali” 2022-yilning 5 oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Azamjon Axmadaliev hamda 10 nafar hokim yordamchilari taqdimotlari bilan tanishildi.

Namangan tumanida “Olahamak” mahallasi hududida hokim yordamchisi Muhammad Xaydarov tomonidan tashkil etilgan loyihasi bilan tanishtirildi.

Press-tur davomida tumandagi Qorako‘l MFY da tashkil etilgan kichik sanoat zonasi hamda aholiga “e-auksion” orqali berilgan 10 sotixli 1 mahsulot tamoili orqali tashkil etilgan yer maydonida bo‘ldilar. 

Bundan tashqari Navro‘z MFY da qurilayotgan gulchilik markazida tashkil etilayotgan loyihalar bilan tanishildi.

Dastlab Bunyodkor mahallasidagi mahalla fuqarolar yig‘ini boshqaruv idorasi hamda kutubxona, madaniyat maskani va davlat xizmatlari markazini o‘z ichiga olgan mahalla guzari bo‘ldi. Bu yerda tumanda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilaridan 10 nafari o‘tgan 5 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan prezentatsiya taqdim etdilar. 

Shundan so‘ng 2500 dan ziyod kitoblar bilan to‘ldirilgan mo‘jazgina kutubxona ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla hududida tashkil etilgan IT markaz ko‘rildi. Ushbu IT markaz 20 ta kompyuter bilan jihozlangan bo‘lib, bir kunda 60 nafar o‘quvchini boshlang‘ich kompyuter savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, mahalla hududida ochilgan kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan ham tanishildi. Bu yerda ayni paytda tikuvchilik, IT, sartaroshlik va pazandachilik kabi yo‘nalishlarda ta’lim berilmoqda.

Shu kuni 61-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati ham o‘rganildi. 150 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu bog‘chada bolajonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Keyingi manzil “Bunyodkor kichik sanoat zonasidagi” “Home textile” NT Xolding bo‘ldi. Loyiha qiymati 10 mlrd so‘mlik ushbu korxonada tayyorlanayotgan tikuvchilik mahsulotlari Yevropa va MDH mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Ahamiyatlisi bu yerda 200 nafar mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan.

Press-tur ishtirokchilari “Bunyodkor”, “Yoshlik” va “Mustaqillikning 5 yilligi” mahallalarida uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdilar.

Bu yerda aholining talab va istaklaridan kelib chiqib, “Temir daftar”dagi va mahallaning ishsiz aholisiga imtiyozli kredit asosida mablag‘lar yo‘naltirilib, 800 ga yaqin xonadonlarga so‘ritok o‘rnatilgan.

Hudud aholisi uzum hosilga kirguncha ham yerdan maqsadli foydalanishmoqda. Tokzorlar ichiga rezavorlar va sabzavot mahsulotlari ekib, parvarish qilinmoqda.

Bu orqali birgina Bunyodkor mahallasining sal kam 2 mingga yaqin aholisi doimiy ish bilan bandligi ta’minlanadi.

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International