Joriy yilning 1–9-may kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

16/05/2022 - 10:02 1001

Ushbu davr mobaynida bozorda qulupnay 40 000 so‘mga, sarimoq piyoz va bodring 5 000 so‘mga, kartoshka (yangi hosil) 1 250 so‘mga, piyoz (yangi hosil) 600 so‘mga hamda kartoshka (mahalliy va import) 100 so‘mga arzonlashgan bo‘lsa, piyoz 250 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 1–9-may kunlari umumiy qiymati 18,0 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 mln dollar kam) jami 45,4 ming tonna (2,7 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 19,4 ming tonna piyoz, 4,4 ming tonna karam, 3,1 ming tonna pomidor, 3,0 ming tonna sabzi, 2,2 ming tonna gilos, 2,1 ming tonna lavlagi, 1,2 ming tonna ko‘katlar, 1,0 ming tonna loviya, 0,9 ming tonna mosh, 0,6 ming tonnadan quritilgan meva, gulkaram va bodring, 0,5 ming tonna sarimsoq piyoz hamda 0,4 ming tonna bulg‘or qalampiri tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 2,2 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 mln dollar kam) qiymatdagi jami 10,1 ming tonna (9,9 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 4,9 ming tonna kartoshka, 4,3 ming tonna banan, 329,9 tonna olma, 161,5 tonna apelsin, 28,2 tonna nok va 24 tonna bodom import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–9-may kunlari hududlardan jami 8,9 ming tonna, xususan, 3,3 ming tonna kartoshka, 3,7 ming tonna piyoz, 368 tonna karam va 1,6 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 36 tonna kartoshka, 56 tonna piyoz, 368 tonna karam, 376 tonna sabzi, Surxondaryodan 1 317 tonna kartoshka (yangi hosil), 3 456 tonna piyoz (yangi hosil), Samarqanddan 166 tonna piyoz, Qashqadaryodan 182 tonna, Surxondaryodan 176 tonna, Andijondan 214 tonna, Buxorodan 210 tonna, Jizzaxdan 162 tonna, Xorazmdan 121 tonna hamda Sirdaryodan 117 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokistondan 1 660 tonna, Erondan 200 tonna, Qozog‘istondan 52 tonna va Qirg‘izistondan 52 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–9-may kunlari jami 74,6 tonna, shu jumladan, 57,9 tonna mol go‘shti va 16,7 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International