“Yurakda yashaydi asl shoirlar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy anjuman

28/04/2022 - 16:37 1242

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga bag‘ishlangan “Yurakda yashaydi asl shoirlar” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda shoirning rafiqasi, Muhammad Yusuf nomidagi jamoat fondi raisi Nazira Salomova, TDSHU “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Xayrulla Hamidov, “Muhammad Yusuf izdoshlari” Respublika tanlovi g‘olibi, shoira Lola Sobirova ishtirok etishdi.

 Anjuman avvalida vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi v.v.b. Obiddin Maxmudov hozirgi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga, san’at va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganligi va bu davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotganligi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

 Shundan so‘ng, Nazira Salomova tomonidan shoir bilan bog‘liq xotiralar yodga olindi.

Tadbir davomida vazirlik xodimlari tomonidan Muhammad Yusuf she’rlari ijro etilgan videorolik namoyish etildi, shoir so‘zi bilan aytiladigan qo‘shiqlar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir davomida shoirning she’rlari o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi, o‘zbek adabiyoti durdonalarini jahon ahliga tanitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, yaqinda Turkiya Respublikasining Anqara shahrida Muhammad Yusufning turk tilida chop etilgan “Tanlangan asarlar”i taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu kitob TURKSOY xalqaro tashkiloti va O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi tomonidan turk tiliga o‘girilgan.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan o‘zbek qo‘shiqchilik san’atining rivojlanishida Muhammad Yusuf she’rlarini o‘rni va ahamiyati yuqori ekanligini ta’kidlandi.

Anjuman yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyot vakillaridan javob olishdi.

 

Ma’naviyat va ma’rifat kengashi,

Axborot xizmati

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International