Xorvatiya Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv

28/04/2022 - 14:21 1170

Joriy yilning 27-aprel kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Xorvatiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Refik Sabanovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov hamda Tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i Erkin Majitov ishtirok etdi.

Uchrashuv kun tartibiga ikki mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar bo'yicha tajriba almashish masalalari kiritildi.

Uchrashuv avvalida ikki tomon vakillari tomonidan mamlakatlardagi joriy iqtisodiy ko‘rsatkichlar va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berib o‘tildi. Shuningdek, uchrashuvda hamkorlikni kengaytirish yo‘llari va mavjud qo‘shma loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘llarini chuqur muhokama qilish uchun Xorvatiya vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etishga kelishib oldilar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International