Hokim yordamchilari tomonidan 2022-yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar

28/04/2022 - 09:41 1005

Joriy yil 1-aprel holatiga:

- 736 ming nafar fuqarolar daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlandi;

- 24 mingta yuridik va 23 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;

- Oilaviy tadbirkorlik dasturi 49 530 ta loyihaga 1 302 mlrd so‘mlik kreditlar ajratildi;

- Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob uskunalari olib berish bo‘yicha 8 509 ta fuqaroga 19,3 mlrd so‘mlik subsidiyalar ajratildi;

- Yerlarini ijaraga berish maqsadida 69,3 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlari 341 mingta lotlarga bo‘linib, auksionga chiqarildi, 254,3 mingta lot (75 foiz) bo‘yicha tanlov g‘oliblar aniqlanib, 46 ming gektar yer fuqarolarga ajratildi.

“Mahallabay” ishlash tizimida hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyatini inson omilisiz monitoring qilish va baholab borish yuzasidan “Online-mahalla.uz” platformasida samaradorlikni baholash tizimi ishga tushirildi.

Respublika bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari: 768 ta mahalla “samarali”, 2 163 ta mahalla “yaxshi”, 2 770 ta mahalla “qoniqarli” va 3636 ta mahalla “yetarli darajda emas ” deb baholandi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha:

- 2 547 ta kichik ishlab chiqarish loyihalari (1 007 ta tikuvchilik, 1 239 ta qandolatchilik va 301 ta boshqa kichik ishlab chiqarish) amalga oshirildi;

- xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 5 524 ta (977 ta sartaroshxona, 1981 ta savdo do‘konlari, 725 ta go‘zallik saloni va 1 841 ta boshqa yo‘nalishda) obyektlar ishga tushirildi;

- 1897 ta korxonalar faoliyati kengaytirildi va kam quvvat bilan ishlayotgan 1 380 ta korxonalarning quvvatlari tiklandi; 

Misol uchun, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Olmachi” MFYda “Gulchi opa tomorqa xizmati” klasterining faoliyati kengaytirilib, qiymati 500 mln so‘m bo‘lgan o‘quv markazi ishga tushirildi hamda qo‘shimcha 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

- mahallalardagi 792 ta ko‘p qavatli uy-joylar yerto‘lasini ijaraga berildi, 401 ta bo‘sh binolardan samaralari foydalanish yo‘lga qo‘yildi;

Tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha:

- tomorqadan samarali foydalanish bo‘yicha 9,8 ming km ariqlarni tozalash va 831 ta vertikal sug‘orish quduqlarini qurish orqali 6 328 ta xonadonning tomorqasini sug‘orish uchun suv bilan ta’minlandi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida:

2 184 ta oilalarga 10 500 bosh qoramol, 8,2 ming oilalarga 150 ming bosh qo‘y-echki, 3,3 ming xonadonga 1,0 mln bosh parranda, 6,2 ming xonadonga 200 gektar ixcham issiqxona, 1,2 ming xonadonlarga uzum, olma, o‘rik, gilos kabi mevali daraxtlar ko‘chatlari olib berildi.

Misol uchun, Samarqand viloyati Jomboy tumani "A. Qurbonov" MFYda hozirgi kunda 8 ta xonadonlarga 500 boshdan parranda, 100 boshdan quyon, 20 qutidan asalari uyasi olib berilib, fuqarolar bandligi ta’minlandi.

Aholi bandligi buyicha misol uchun:

39,2 ming nafar fuqarolarni kasb-hunarga va 14,4 ming nafar fuqarolar tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi;

Misol uchun, Xorazm viloyati Shovot tumanidagi “Monoq” mahallasida “Yangibozor kasb-hunarga o‘qitish markazi”ning “Monoq kasb-xunar maktabi” filiali tashkil qilindi.  

Markazda 45 nafar ishsiz fuqarolar kasbga o‘qitilmoqda, shundan, tikuvchilik yo‘nalishida 15 nafar, qandolatchi-oshpaz yo‘nalishida 15 nafar va yordamchi tarbiyachi yo‘nalishida 15 nafar.  

mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 822 ta “yetakchi” tadbirkorlarga 20,9 ming nafar fuqarolar biriktirildi;

Misol uchun, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Talqoq” mahallasida Andijonlik tadbirkor bilan kasanachilik asosida 55 nafar ishsiz xotin-qizlarni Hunarmandlar markazida ko‘rpa-to‘shak tikishga o‘rgatib, kerakli barcha jihoz va xomashyo xonadonlarga yetkazib berilgan. 

24,3 mingta korxona va tashkilotlardagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga 73 ming nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi;

Misol uchun, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman “Niyozbosh” MFYda jami 22 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ish orinlariga joylashtirilib, bandligi ta’minlandi.

342 ming nafar mehnatga layoqatli ishsiz yoki norasmiy band aholini o‘zini o‘zi band qilish orqali bandligi ta’minlandi;

Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar “Chimboy guzari” MFYda 14 ta motoroller hamda 2 ta motokultivator olib berish yoli bilan, 16 nafar fuqarolar o‘zini-o‘zi band qilgan.

Aholi yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha:

2,9 ming km ta’mirtalab ichki yo‘llarni shag‘allashtirildi, mahalla hududidan o‘tuvchi magistral yo‘l yoqasidan maktabga qatnovchi 91 km qismida o‘quvchilarga piyodalar yo‘lakchasi barpo etildi;

foydalanishga yaroqsiz holga kelgan 751 dona transformator, 16,9 ming dona sim yog‘ochlar va 8,5 ming dona tungi chiroqlar yangisiga almashtirildi;

Misol uchun, Andijon viloyati Asaka tumani “Qayrag‘och” MFYda Qorasuv ko‘chasining 600 metr qismi shag‘allashtirib, Turk ko‘chasiga 20 dona beton tayanch ustunlari o‘rnatilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International