Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan “Kichik va oʻrta biznes korxonalari faoliyatini rivojlantirish dasturi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv

28/04/2022 - 09:20 1134

Joriy yilning 26-aprel sanasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Saidqahhor Xolxo‘jayev va Osiyo taraqqiyot bankining Moliyaviy sektor bo‘yicha bosh mutaxassisi Priyanka Sood o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Mirzoxid Ubaydullayev, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijrochi direktori Abbosxon Maxamatov va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Muxtor Shonazarov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar jamg‘armaning kredit kafolati, uning faoliyatini yanada takomillashtirish, kichik biznes, ayollar tadbirkorligi hamda chakana savdoni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni barqarorlashtirish yuzasidan muhokama qildilar.

Shuningdek, Jamg‘armaning kafillik va kompensatsiya moliyaviy yordam turlarini tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar va turizm sohalarini yanada rivojlantirish maqsadida tomonlar fikr almashdilar.

Bundan tashqari, mazkur Agentlik va Jamg‘arma faoliyatini yanada isloh qilish, davlat strategiyalari va loyihalarini hayotga tatbiq etish hamda Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magi asosida agentlik faoliyatida raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llashni takomillashtirish muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar boyicha Osiyo taraqqiyot banki mutaxassislari tomonidan xalqaro tajriba bo‘yicha taqdimotlar tashkil etilishi hamda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan agentlik va jamg‘arma vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etgan holda hamkorlikni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International