Davlat tilida ish yuritishga oid navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi

28/04/2022 - 09:12 1037

Joriy yilning 26-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”  2021-yil 10-fevraldagi  61-son qaroriga binoan vazirlikning Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, ijrosini amalga tatbiq etish maqsadida vazirlik tizimi Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash boʻlimi xodimlari uchun navbatdagi oʻquv seminari tashkil etildi.

Shu yilning mart oyidan boshlab, haftada ikki marotaba muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutidan lingvist, filolog-ekspert, filologiya fanlari doktori, professor Yorqinjon Odilov olib bordi.

Oʻquv mashgʻuloti jarayonida, asosan, tashkilot va muassasalar, xususan, vazirlikning ish yuritish faoliyatida koʻp qoʻllaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga toʻxtalinib,  tegishli namunalar  koʻrsatildi. Ish yuritishda hujjatlarni davlat tilida yozilish qoidalari, uchrayotgan xatoliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Boʻlim xodimlari ham oʻz navbatida oʻzlarining qiziqtirgan savollariga toʻliq javoblar olishdi.

        

 Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash boʻlimi

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International