2021-yil davomida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot

10/01/2022 - 17:00 1031

O‘tgan 2021-yil davomida inson kapitalini sifatini oshirishga qaratilagan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Maktabgacha ta’lim sohasida:

3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta'lim bilan 1,9 mln. nafar bolalarni yoki qamrov darajasini 70 foizga yetkazilishi ta'minlandi;

maktabga tayyorlov tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalarni yoki ularning 82 foizini qamrab olish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazildi;

114 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi hamda 6 900 ta oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etish hamda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etiladi va ularda qamrab olingan bolalarning ulushini 25 foizgacha yetkazildi;

53 ta qamrov past bo‘lgan tumanlarga alohida imtiyozli kredit liniyalari ajratildi;

mobil guruhlar hamda reabilitasiyaga muhtoj bolalar uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xalq ta'limi sohasida:

Maktablarning 75 foizi internetga ulanishi ta'minlandi;

Barcha hududlarda Prezident maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi;

Xalq ta'limi tizimidagi “Mehribonlik uylari” va “bolalar shaharchalari” faoliyati qayta tashkil etildi.

Oliy ta'lim sohasida:

8 ta oliy ta'lim muassasalari tashkil etilib, jami soni 149 taga yetkazildi;

Yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 28 foizga yetkazildi;

O‘qish jarayoniga kredit-modul' tizimi kiritildi. Masofaviy ta'lim shakli joriy etilmoqda.

Sog‘liqni saqlash sohasida:

Sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan moliyalashtirish

21,1 trillion so‘mni tashkil etadi. Joriy yil oxirigacha 4,3 trillion so‘m, jumladan, vaksinalar xarid qilish va aholini emlash uchun 1,4 trillion so‘m yo‘naltiriladi;

Respublika ixtisoslashgan markazlarining soni 10 tadan 43 taga yetkazildi va shu bilan birga, ularning mintaqaviy filiallari va bo‘limlari soni 484 taga yetkazildi;

Birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini qayta tashkil etilib 100 ta oilaviy shifokor punktlari,  17 ta qishloq oilaviy poliklinikalari va 7 ta shahar oilaviy poliklinikalari qayta tashkil etildi;

149 ta ob’ektlardagi qurilish ishlarini yakunlanib foydalanishga topshirish ishlari amlga oshirildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Creative Commons Attribution 4.0 International
Saytdagi barcha materiallardan quyidagi lisenziya bo‘yicha foydalanish mumkin: Creative Commons Attribution 4.0 International