"Qishloq taraqqiyot rejalari"ni tuzish maqsadidagi jamoa safarbarligi ishlari

01/04/2021 - 09:43 226

–“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki ko'magida amalga oshirilmoqda.

Ma'lumot uchun: Loyiha kredit mablag’lari hisobidan moliyalashtirilayotgan bo’lib, uning umumiy qiymati 183,6 million AQSh dollarini tashkil etadi. 

Loyihaning maqsadi qishloq aholi punktlarining me'moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo'l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy obyektlarni qurish orqali aholining kundalik turmush tarzini yaxshilashdir.

Ma'lumot uchun: Loyiha quyidagi infratuzilma subloyihalarini moliyalashtiradi, ammo bular bilan cheklanmaydi: 

·       qishloq ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlariga innovatsion alternative;

·       modellar kiritish orqali ulardan foydalanishni kengaytirish uchun mavjud ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini tiklash;

·       energiya samaradorligini oshirish uchun jamoat binolarini modernizatsiyalash;

·       ijtimoiy infratuzilmani tiklash; uchinchi darajali yo'llar, ko'chalarni va piyodalar uchun yo'llarni tiklash;

·       yo'llarni drenajlash(quritish) va qishloq yo'llarining toshqinga chidamliligini oshirish; ko'priklarni tiklash va qurish (uzunligi 10 metrgacha);

·       ko'chalarni yoritish tizimini modernizatsiyalash; jamoat joylarini takomillashtirish;

·       qattiq chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimlari; jamoat ob'ektlarini kichik miqyosda qurish;

·       simsiz Internet xizmatlari bilan ta'minlash uchun antennalarni o'rnatish;

·       avtobus turargohlari va bekatlarini qurish va tiklash;

·       hamda energiya ta'minoti bo'yicha chora tadbirlar.

Loyiha Andijon, Farg'ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi 300 dan ortiq qishloqlarni qamrab oladi.

Loyihaning o'ziga xos xususiyati shundaki, qishloq aholisi o'z mahallalaridagi asosiy talablarni baholashda va infratuzilma subloyihalarini tanlashda, shuningdek ularni amalga oshirish jarayonini monitoring qilishda bevosita ishtirok etadilar.

Ayni paytda, Jizzax viloyatida loyiha doirasidagi "Qishloq taraqqiyot rejasi"ni tuzish maqsadida faol jamoa safarbarligi ishlari olib borilmoqda.

Loyiha faoliyati bilan tanishish maqsadida joriy yilning 24 mart kuni Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli Jizzax viloyati Baxmal tumani “Saroy” MFYga tashrif buyurdi. Tashrif davomida vakolatxona rahbariga ushbu MFYning "Qishloq taraqqiyot rejasi", xususan, 220 o'rinli 30-maktab filialini rekonstruktsiya qilish va jihozlash bo'yicha subloyiha namoyish etildi. Shuningdek, delegatsiya bu maktab filialining loyiha maydonini ko'zdan kechirdi hamda "Saroy" MFY mahalla taraqqiyot guruhi raisining fikrlarini tingladi

Shu bilan birga, Loyihani amalga oshirish guruhi tomonidan vakolatxona rahbariga Baxmal tumanidagi 9ta MFY (jumladan, Uzunbuloq, Temirkadam, Madaniyat, Oikor, Sangzor, Baxmal, Muzbuloq, Molguzar va Saroy)larida amalga oshirilgan jamoa safarbarligi ishlari bo'yicha batafsil ma'lumot taqdim etildi. Xususan, qishloq fasilitatorlari va muhandislari farovonlik tahlilini va aholi ishtirokida tuzilgan manbalar xaritasini sarhisob qildilar. Bundan tashqari, Vaqtinchalik Mahalla taraqqiyot guruhi a'zolari va yoshlar qo’mitasi vakillari ishtirokida ta'lim va salomatlik tahlillari namoyish etildi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartish vazirligi

Axborot xizmati