Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk bilan uchrashuv

19/01/2021 - 17:12 1965

2021 yil 18-yanvar kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida, Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov shu kunlarda rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo'lgan Jahon bankining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk bilan ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda, shuningdek, moliya vaziri — Timur Ishmetov, iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi ‘rinbosari — Ilxom Norqulov, moliya vazirining o‘rinbosari — Axadbek Xaydarov, Markaziy bank raisining o‘rinbosari — Begzod Hamroyev ishtirok etishdi.

Jahon banki vakillariga asosiy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasidagi ishlar to'g'risida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlisga qilgan murojaatida hukumat oldiga qo'ygan makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o'sish va mamlakat fuqarolari farovonligini ta'minlash bo'yicha 2021 yilgi vazifalar to'g'risida ma'lumot berildi.

Bu yil hukumatning mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi ustuvor yo'nalishlari, shu jumladan xususiy sektor o'sishi uchun sharoit yaratish va turli sohalarga xususiy sarmoyalarni jalb etishga qaratilgan islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish to'g'risida e'lon qilindi.

Shuningdek, O'zbekiston tomoni qisqa va o'rta muddatli istiqbolda davlat mablag'larini turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga investitsiya qilish rejalarini bayon qildi. Kelajakda ularni 2022-2026 yillarda O'zbekiston va ushbu xalqaro moliya instituti o'rtasida ishlab chiqilgan hamkorlik dasturi doirasida Jahon bankining mablag'lari bilan qo'llab-quvvatlash mumkin.

Tomonlar mamlakat hukumati tomonidan Jahon bankining moliyaviy ko'magi bilan amalga oshirilgan loyihalarni, shu jumladan qishloq joylarda ijtimoiy ahamiyatga ega infratuzilmani rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini modernizatsiya qilish, ko'chmas mulkni ro'yxatga olish tizimi va kadastri samaradorligini oshirish va boshqa amalga oshirish mumkin bo'lgan loyihalarini ko'rib chiqdilar.

Uchrashuv davomida jahon banki vakillari O‘zbekiston tomoniga joriy yilning fevral oyiga rejalashtirilgan rivojlanish siyosati va hamkorlik bo‘yicha boshqaruvchi direktor Mari Pangestuning virtual formatda bo‘lib o‘tadigan tashrifi haqida ma'lumot berishdi. Mari Pangestun mansabdor shaxslar bilan turli sohalarda islohotlarni rivojlantirish va amalga oshirishda hukumatga yordam berish uchun bankdan tahliliy va maslahat xizmatlari ko‘rsatishni muhokama qillishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar O'zbekistonda bozor islohotlarini yanada amalga oshirish maqsadida samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati