Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Sergey Xotimskiy boshchiligidagi "Sovkombank" ommaviy aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi bilan uchrashuv

21/12/2020 - 12:19 5235

Joriy yilning 3-dekabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri – Jamshid Qoʻchqorov va "Sovkombank" boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Sergey Xotimskiy bilan Oʻzbekistonda turli istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishning mumkin boʻlgan yoʻnalishlari borasida muzokaralar oʻtkazish maqsadida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv boshida bank vakillari Oʻzbekiston makroiqtisodiy holati, davlat korxonalarini xususiylashtirish va transformatsiyalash yoʻʻnalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, 2025 yilgacha boʻlgan Oʻzbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasi bilan tanishtirildi.

"Sovcombank" ommaviy aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi mamlakatimizda bank-moliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish bildirdi.

Maʻlumot uchun: "Sovkombank" - 1990 yilda tashkil etilgan boʻlib Rossiya xususiy universal tijorat banki. Hozirgi vaqtda Bankning biznes modeli uchta asosiy segmentning ishlashiga asoslangan: guruhning yakuniy natijalariga teng taʻsir koʻrsatuvchi chakana bank xizmatlari, korporativ bank xizmatlari va gʻaznachilik. Bankning uchta operatsion segmenti bir-birini toʻldiradi va iqtisodiy tsikl davomida daromadlar dinamikasini diversifikatsiya qiladi. 2020 yilning birinchi yarmida bank Rossiya banklari oʻrtasida aktivlar hajmi boʻyicha 9-oʻrinni egallab kelmoqda.

Bank vakillari davlat ishtirokida banklarni xususiylashtirish maqsadlari bilan boʻlishayotganini alohida alohida taʻkidlab, birinchi uchrashuvda ochiq va chuqur muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirdi.

"Sovkombank" ommaviy aksiyadorlik jamiyati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, Moliya vazirligi vakillari bilan birgalikda bank tomonidan moliyalashtirish uchun maqbul foydalanish mumkin boʻlgan kelgusidagi istiqbolli loyihalar va dasturlarni koʻrib chiqish rejalashtirildi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati