Bosh vazir o'rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi Rossiya Federatsiyasi hukumati vakillari bilan uchrashuv

15/09/2020 - 16:12 195

Joriy yilning 15 sentabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligida Bosh vazir o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov hamda Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o'rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi Rossiya hukumati vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Kengaytirilgan yig'ilishda Moliya vaziri Timur Ishmetov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, Davlat soliq qo'mitasi raisi Sherzod Kudbiev, "O'zstandart" agentligi direktori Dilshod Sattarov, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv boshida Aleksey Overchuk O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi o'zaro manfaatli strategik sheriklikning yuqori ahamiyati haqida ta'kidladi.

Tomonlar mintaqaviy hamkorlik doirasidagi bir qator loyihalarni muhokama qilishdi. Xususan, soliq va bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha harakatlar rejasining bajarilishini ko'rib chiqdilar.

Ma'lumot uchun: Bugungi kunga kelib, soliq ma'muriyati tizimini rivojlantirish, shu jumladan mol-mulkka soliq solishni takomillashtirish va soliq to'lovchilar bilan ishlash tizimini yaratish (2019-2020 yy.) maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Moliya vazirligi o'rtasida Rossiya Federatsiyasi tomonidan O'zbekistonga beg'araz texnik yordam ko'rsatilinishi to'g'risida shartnoma imzolangan.

Ushbu Shartnomani amalga oshirish doirasida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishlar olib borildi:

1. Elektron hisob-fakturalar va QQS ma'muriyati bo'yicha biznes-jarayonlarni optimallashtirish.

2. O'zbekiston Respublikasida ko'chmas mulkka soliq solishni takomillashtirish konsepsiyasi.

3. O'zbekiston soliq organlarida soliq to'lovchilar bilan ishlashni tashkil etish konsepsiyasi.

4. Soliq o'rganlari xodimlarining soliq to'lovchilar bilan o'zaro samarali ishlashi bo'yicha o'quv dasturini ishlab chiqish.

5. O'zbekiston Respublikasi soliq organlari uchun korporativ uslubni yaratish. O'zbekiston Respublikasi soliq organlarining korporativ identifikatsiyasi konsepsiyasi ishlab chiqildi va taqdim etildi.

Federal Soliq xizmati bilan hamkorlikni davom ettirish bo'yicha quyidagilar hamkorlikning II bosqichi doirasida ishlab chiqilgan:

a) zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni ta'minlaydigan amaliy dasturiy ta'minotni ishlab chiqish:

b) texnik xodimlarni tayyorlashni tashkil etish va o'tkazish;

c) amaliy dasturiy ta'minotning sinov va joriy qilish jarayonlarini qo'llab-quvvatlash;

d) Big Data ma’lumotlarni qayta ishlash uchun analitik tizimni ishlab chiqish va joriy etish;

Kadastr faoliyatini takomillashtirish sohasidagi hamkorlik ham muhokama qilindi. Hozirda Rosreestr bilan, Rossiya Federal Soliq xizmati tomonidan amalga oshiriladigan ko'chmas mulkni soliqqa tortishni takomillashtirish bo'yicha loyihani davom ettirishni hisobga olgan holda, 2020-2021 yillarda hamkorlik to'g'risida muzokaralar olib borilmoqda.

Rossiya tomonining texnik ko'magi bilan "Davlat kadastrini baholash tizimini yaratish va ko'chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasida soliq maqsadlari uchun" loyihasi doirasida quyidagi yo'nalishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

a) ko'chmas mulk obyektlarini ommaviy test-baholashini o'tkazish;

b) ko'chmas mulk obyektlarini hisobga olish, ro'yxatdan o'tkazish va davlat kadastr bahosini o'tkazish tartibi, uning natijalarini tasdiqlash va qo'llab-quvvatlash uchun normativ-huquqiy ta'minotni ishlab chiqish;

d) davlat kadastr bahosini o'tkazishning yagona metodologiyasini ishlab chiqish;

e) avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini yaratish uchun dasturiy va texnik yechimlarni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish ("Davlat kadastrini baholash ma'lumotlari fondi", "Ko'chmas mulk bozori monitoringi", "Kadastr qiymatini aniqlash");

f) ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va kadastr qiymatini belgilaydigan va kadastr qiymatini aniqlash bilan shug'ullanadigan mutaxassislarni tayyorlash.

Uchrashuv yakunida, tomonlar kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini belgilab oldilar, shuningdek amalga oshiriladigan tadbirlar bo'yicha kelishib oldilar.

Iqtisodiy taraqqiyot va

kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati