Buxoro viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2015 yilda amalga oshirilgan loyihalar

19/03/2015 - 10:19 4720

“Buxoro viloyatini 2013-2015 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish dasturi” doirasida 2015 yilda umumiy qiymati 524,9 mlrd.so‘m hamda 4450 ming.dollarga teng 1779 ta loyihalarning amalga oshirilishi va buning evaziga 13964 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Joriy yilning 16 mart holatida umumiy qiymati 3,6 mlrd.so‘m hamda 1050 ming.dollarga 59 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 300 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Jumladan, sanoat yo‘nalishida Buxoro shahridagi "Daewoo Textile Bukhara" xorijiy korxonasi negizida 1 mln.dollarga teng xorijiy investitsiya hisobiga  ip kalavani kengaytirish loyihasi  amalga oshirildi. Amalga oshirilgand loyiha evaziga 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida Romitan tumanidagi “Temur plaza” MCHJ negizida umumiy qiymati 175 mln.so‘m  (bank krediti 50 mln.so‘m) ga teng umumiy ovqatlanish shaxobchasi hamda mexmonxona xizmati tashkil qilindi va 10 ta yangi ish o‘rni, qishloq xo‘jalik yo‘nalishida Kogon tumanidagi “Adolat Alisher Zamini” fermer xo‘jaligi negizida umumiy qiymati 1 mlrd.so‘m (bank krediti 700 mln.so‘m) ga teng issiqxona tashkil qilinib buning evaziga 40 ta yangi ish o‘rni yaratildi.