Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar

17/03/2015 - 12:54 4622

Viloyatda “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida qator bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, Namangan shahrida qiymati 1 mlrd. so‘mlik “Shodlik” savdo majmuasi qurib bitkazilib, Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Mazkur savdo majmuasida 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Kosonsoy tumanida “Guliston sof savdo” MCHJ tomonidan qiymati 550,0 mln. so‘mlik 80 ta rastalardan iborat savdo bozori ishga tushirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 178-sonli qaroriga muvofiq tomosha zali 250 o‘rinli, 16650 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadigan, qiymati 404,0 mln. so‘mlik Norin tumani Katta O‘lmas madaniyat va aholi dam olish markazi, tomosha zali 300 o‘rinli, 31098 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadigan, qiymati 550,0 mln. so‘mlik Uychi tumani Birlashgan madaniyat va aholi dam olish markazi hamda tomosha zali 300 o‘rinli, 25128 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadigan, qiymati 503,7 mln. so‘mlik Namangan tumani Qumqo‘rg‘on madaniyat va aholi dam olish markazi kapital ta'mirlanib foydalanishga topshirildi.

Ushbu yaratilayotgan qulayliklar, avvalambor, namanganlik yurtdoshlarimiz turmush tarzining yuksalishiga, ularning madaniy hordiq chiqarishiga munosib hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.