OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI

26/09/2022 - 20:49 1342

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil 26-sentabrdan 5 oktabrgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

 

 

 

 

IJRO INTIZOMI VA DAVLAT DASTURLARINI MONITORING QILISH BOSHQARMASI O‘RINBOSARI

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

            1.Iqtisodiyot, moliya, menejment yoki soliq yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi).

2.Iqtisodiyot va moliya sohalari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida yoki boshqa tegishli tashkilotlarda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi (xalqaro va xorijiy tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi).

3.O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan tanishgan bo‘lishi.

  1. Hujjatlar bilan ishlash va tahlil qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
  2. Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi.
  3. O‘zbek tilini mukammal, xorijiy tillarni yuqori darajada bilishi (ingliz va rus tillarini).

         Vazifalar:

 

– vazirlik va uning bo‘ysunuvchi tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari va topshiriqlari bajarilishining yagona axborot bazasini yuritish;

– davlat dasturi amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, jumladan, uni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish;

– davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqish va kelishish uchun (shuningdek, ularning elektron shaklda “Project.gov.uz” hujjatlarni ishlab chiqish va kelishishni yagona elektron tizimi orqali yuborilgani bo‘yicha) taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosalar tayyorlashning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilish;

– vazirlikka kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarida vazirlik ijrochi va hamijrochi bo‘lgan bandlar hamda topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatish;

– normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarida nazarda tutilgan bandlar yaqinlashgan ko‘rsatmalar bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarga tushuntirish ishlarini amalga oshirish;

– normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarida ko‘zda tutilgan topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilmagan tarkibiy bo‘linma rahbarlari va xodimlarini intizomiy jazoga tortish uchun taklif kiritish;

– vazirlik va idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan, shuningdek, elektron shaklda “Project.gov.uz” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari asosida tarkibiy bo‘linmalarda ijrosini monitoring qilish;

  • vazirlik tarkibidagi tashkilotlar hamda hududiy boshqarmalariga vazirlik tomonidan berilgan topshiriqlar bo‘yicha nazorat o‘rnatish.