Joriy yilning 1–18-sentabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

22/09/2022 - 11:23 668

 Ushbu davr mobaynida bozorda piyoz 250 so‘mga va limon 11 000 so‘mga arzonlagan bo‘lsa, kivi 2 500 so‘mga hamda lavlagi 750 so‘mga oshgan.

 Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 1-18 sentyabr kunlari umumiy qiymati 60,6 mln.dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,6 mln. dollar ko‘p) jami 76,4 ming tonna (5,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

 Xususan, mazkur davrda 37,6 ming tonna uzum, 6,4 ming tonna qovun, 5,1 ming tonna xurmo, 3,5 ming tonna loviya, 2,5 ming tonna quritilgan meva, 2,4 ming tonna anor, 1,9 ming tonna nok, 1,8 ming tonna mayiz hamda 1,7 ming tonna piyoz tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 6,6 mln.dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 mln.dollar ko‘p) qiymatdagi jami 34,2 ming tonna (25,3 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 22,4 ming tonna banan, 8,5 ming tonna kartoshka, 232 tonna apelsin hamda 133 tonna limon import qilingan.

 Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-18 sentabr kunlari hududlardan jami 18,9 ming tonna, xususan, 8,2 ming tonna kartoshka, 8,1 ming tonna piyoz, 548 tonna karam va 2,1 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Samarqanddan 4 060 tonna, Toshkent viloyatidan 526 tonna va Namangandan 49 tonna kartoshka;

 Toshkent viloyatidan 4 518 tonna, Jizzaxdan 3 172 tonna va Samarqanddan 204 tonna piyoz; 

Toshkent viloyatidan 548 tonna karam;

 Toshkent viloyatidan 708 tonna, Sirdaryodan 334 tonna, Andijondan 271 tonna, Farg‘onadan 254 tonna, Surxondaryodan 213 tonna, Qashqadaryodan 202 tonna va Jizzaxdan 121 tonna sabzi yetkazib berilgan.

 Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 3 583 tonna kartoshka va 177 tonna piyoz keltirilgan. Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-18 sentabr kunlari jami 193,8 tonna, shu jumladan, 165,7 tonna mol go‘shti va 28,1 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati