Vazirlikning 2022-yil 13-iyuldagi 14-sonli buyrug‘ini Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlariga taqdimot o‘tkazish orqali tushuntirish ishlari olib borildi

31/08/2022 - 22:49 973

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 13-iyuldagi 14-son “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan 10 ta namunaviy nizomlar, jumladan, tasdiqlangan nizom, reglament va yo‘riqnomalar mazmuni va mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan 2022-yilning 31-avgust kunlari Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi xodimlar ishtirokida “Zoom” platformasi orqali Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish hamda kontragentlarni tekshirish kabi belgilangan vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazish orqali tushuntirish ishlari olib borildi.

Mazkur taqdimot doirasida Vazirlik xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish ishlari ham olib borildi. 

Taqdimot davomida xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish qonunchiligi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir qator savollarga javob berildi va xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga erishildi.