OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

09/09/2022 - 10:13 2186

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalardagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish toʻgʻrisida”gi Tartib asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish  2022-yilning                              8-sentabridan  17-sentabrigacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA HUDUDLARNING MASTER-REJALARINI ISHLAB CHIQISHNI MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI

 

Hududlarda xizmatlarni rivojlantirish konsepsiyalari va master-rejalari metodologiyasini ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i                                 o‘rinbosari – vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, vazirlik, idora va mahalliy hokimliklarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash yo‘nalishida kamida 5 yillik ish stajiga ega hamda kamida 2 yil rahbar lavozimida ishlagan bo‘lish.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarda xizmatlar sohasi va infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi.
  3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida ilmiy ishlanmalar chop etgan, strategiya va dasturlar hamda hududlar master-rejalari va bosh rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
  4. O‘zbekiston Respublikasi hududlarida infratuzilma obyektlarini rivojlantirish, jumladan, avtomobil yo‘llarini qurish, kapital va joriy ta’mirlash, rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, ularning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy tajribaga egaligi.
  5. Hududlarda infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari bilan ishlash bo‘yich amaliy ko‘nikmalarning mavjud bo‘lishi.
  6. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyatli bo‘lish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish.
  7. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan, kamida 6 ball olgan nomzodlar ijobiy baholanadi).

Vazifalar:

  1. Hududlarda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida infratuzilmani rivojlantirish, master-rejalar ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy monitoring qilib borish.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xizmat ko‘rsatish sohasiga turtki bo‘ladigan infratuzilma rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va takliflar berish.
  3. Hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirishda infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish.
  4. Respublika hududlarida xizmatlarni rivojlantirish, shuningdek, infratuzilma holatini yaxshilash bo‘yicha xorijiy ekspertlar bilan ishlash, xalqaro moliya institutlarini jalb qilish.
  5. Xorijiy ekspertlar ko‘magida xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha hududlarning master-rejalari, shuningdek, hududlarni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish strategiyalari metodologiyasini ishlab chiqish.
  6. Hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish jarayonida qatnashish, infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni hal qilishga ko‘maklashish.
  7. Mahalliy hokimliklar va tijorat banklari bilan hamkorlikda hududlarda xizmat ko‘rsatish loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish.
  8. Hududlarni rivojlantirish, jumladan, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha tumanlar va shaharlarning ixtisoslashuvini aniqlash.
  9. Hududlarda xizmatlarni rivojlantirish, master-rejalarni ishlab chiqish va infratuzilma loyihalarini shakllantirish bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodologik ko‘mak berish.