BMT va Hukumat o‘rtasida BMTning O‘zbekistondagi hamkorligining asosiy dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi

25/08/2022 - 23:55 1067

Joriy yilning 25-avgust kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida BMT va Hukumat o‘rtasida BMTning O‘zbekistondagi hamkorligining asosiy dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astana, BMTning O‘zbekistondagi rivojlanish dasturining doimiy vakili Matilda Dimovska hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv boshida aholining yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, imkoniyatlarini kengaytirish, inson kapitalini rivojlantirish va barqaror rivojlanish borasidagi mavzular ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar BMT bilan hamkorlik kundan-kunga rivojlanib borayotganini ta’kidlab, bu katta va yangi imkoniyatlar yaratishga yordam berishi haqida alohida so‘z yuritildi. Shuningdek, BMT bilan birgalikda yashil iqtisodiyotga otish dasturlari ishlab chiqilayotganligi haqida fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida gender tengligi masalalari ham ko‘rib chiqildi hamda xalqaro yig‘ilishlarda ham ushbu mavzu dolzarbligi ta'kidlandi. Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ayollarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va xususiy sektorni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yanada ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati