OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

19/08/2022 - 15:02 1531

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish 2022-yil             19-avgustdan 28-avgustgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da har bir nomzodning shaxsiy kabineti orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

 

URBANIZATSIYA VA UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Urbanizatsiyani rivojlantirish boshqarmasi yetkachi mutaxassisi – vakant lavozimiga

 

Lavozimga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. Urbanistika, geourbanistika mutaxassisliklari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega, kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining respublika urbanizatsiya jarayonlarini va shaharsozlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi.
  3. Hududlarda shaharsozlikni rivojlantirish, urbanizatsiya jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha strategiya va dasturlar hamda hududlar bosh-rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
  4. Hududlarni bosh-rejalariga muvofiq kengaytirish, rivojlantirish va ushbu jarayonlarda vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning mavjud bo‘lishi.
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyatli boʻlish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish.
  6. Oʻzbek tilini mukammal va chet tillarini bilgan nomzodlarga qo‘shimcha ustuvorlik beriladi.

Lavozim vazifalari:

  1. Shaharlarni rivojlantirish, shuningdek, urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qabul qilinayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni doimiy monitoring qilib borish.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, urbanizatsiya sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va takliflar berish.
  3. Urbanizatsiyani rivojlantirishda kichik, katta va yirik shaharlarni rivojlantirishni inobatga olgan holda strategiya konsepsiyalarini ishlab chiqish
    va ularni amalga oshirishda shaharsozlik normalaridan foydalanish.
  4. Bosh rejalar, rejalashtirish sxemalari-yu batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
  5. Mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodologik ko‘mak berish, mahalliy hokimliklar va tijorat banklari bilan hamkorlikda urbanizatsiya sohasini tartibga solishga ko‘maklashish.
  6. Hududlarni rivojlantirish, jumladan, shaharlar aglomeratsiyasi, yo‘ldosh shaharlarni tanlab olish, shaharlarni kengaytirish “O‘sish nuqtalar”ni aniqlash bo‘yicha uslubiy va amaliy qo‘llanmalar ishlab chiqish.