Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

16/08/2022 - 10:21 995

Joriy yilning 15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Jahon banki bosh iqtisodchisi Uilyam Zeytts va bank eksperti Sevilya Muradova ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda vazirlik tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish siyosatini yuritish departamenti direktori o‘rinbosari Sobir Xaytmuratov, departament xodimlari hamda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Tursun Аhmedov ishtirok etishdi.

Tоmоnlar o‘tgan yillar davоmida amalga оshirilgan ishlar, tasdiqlangan mexanizm va chоra-tadbirlar yuksak samaralar berayotganligini, kelgusida ko‘p tоmоnlama hamkоrlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish hamda qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdоr ekanliklarini tasdiqladilar.

Tadbirda O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi, uning asosiy yo‘nalishlari hamda belgilanayotgan maqsad va vazifalar keng muhokama qilindi. 

Tomonlar o‘tgan yillarda amalga oshirilgan ishlar, tasdiqlangan mexanizm va chora-tadbirlar yuqori natija berayotganini, kelgusida esa ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish hamda birgalikda ishlab chiqiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor ekanliklarini taʼkidladilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati