Jahon banki ekspertlari bilan uchrashuv

16/08/2022 - 10:15 1019

Joriy yilning 15-avgustida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Jahon banki ekspertlari bilan hududlarda aholining yashash sharoitini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Kelishuv chog‘ida O‘zbekistonda 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish masalasi juda katta ahamiyatga egaligi qayd etildi.

Bunda, 

– hududlarda aholi yashash sharoitini yaxshilash uchun mamlakatimizning urbanizatsiya darajasini 2030-yilga borib 60 foizga oshirishga qaratilgan urbanizatsiya siyosatini yanada takomillashtirish;

– uy-joy fondi, turar joylar va hududlar renovatsiyasi;

– aholi punktlarining urbanizatsiya darajasini aniqlash, uni oshirish uslubiyoti va ularni baholash mexanizmiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ekspertlar tomonidan urbanizatsiya sohasida xalqaro tajribalarini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha takliflar tinglandi, shaharlarni tizimli va rejali rivojlantirish, mavjud muammolar va ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan masalalar to‘g‘risida fikr almashildi.

 Uchrashuv so‘ngida kelgusidagi uchrashuvlarga qadar amalga oshiriladigan rejalar bo‘yicha kelishib olindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati