Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv

04/08/2022 - 09:48 1445

Joriy yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashuv o‘tkazdi.

        Uchrashuvda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov va Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori Ashraf Xodjayev hamda mehmonlar tomonidan Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Iqtisodiy bo‘lim boshlig‘i Hidenori Yuguchi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) direktorining birinchi o‘rinbosari Yoshimasa Takemura ishtirok etdilar.

        Uchrashuv davomida tomonlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, o‘zaro hamkorlik aloqalari, xususan, budjetga ko‘maklashish sohasidagi hamkorlik, xizmatlar sohasini rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishni qo‘llab-quvvatlash, “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirish yuzasidan xalqaro konsultantlarni jalb etish yuzasidan fikr almashdilar.

        Uchrashuv so‘ngida tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishib oldilar.

 

        Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

        Axborot xizmati