Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yangi zamonaviy bolalar bog‘chasi quriladi

04/08/2022 - 09:44 1354

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Farg‘ona viloyati So‘x tumani “Sebzor” MFYda loyiha mutaxassislarining jamoa safarbarligi ishlari davomida aholi tomonidan “Yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish” subloyihasi tanlab olingan edi.

Hozirda loyiha tashkiloti – “BRIGHT GPAPHIC” MCHJ tomonidan topografik tadqiqot va geodeziya ishlari boshlandi. Ushbu muassasa 90 o‘ringa mo‘ljallangan.

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi tamoyillariga muvofiq, butun qurilish jarayoni loyiha tomonidan qishloqning faol aholisi orasidan tashkil etilgan Mahalla taraqqiyot guruhi a’zolari nazoratida boʻladi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati