O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 13-iyuldagi 14-sonli buyrug‘ini markaziy apparat xodimlariga taqdimot o‘tkazish orqali tushuntirish ishlari olib borildi.

19/07/2022 - 12:15 382

     O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 13-iyuldagi 14-son “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati samaradorligini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan tasdiqlangan 10 ta namunaviy nizomlar, jumladan tasdiqlangan nizom, reglament va yo‘riqnomalar mazmuni va mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan 2022 yilning 18-19 iyul kunlari Vazirlikning katta majlislar zalida barcha xodimlar ishtirokida Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish hamda kontragentlarni tekshirish kabi belgilangan vazifalar yuzasidan taqdimot o‘tkazish orqali tushuntirish ishlari olib borildi.


     Mazkur taqdimot doirasida Vazirlik xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitish ishlari ham olib borildi.


      Taqdimot davomida xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish qonunchiligi va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir qator savollarga javob berildi va xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga erishildi.