“Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi – 2022” hisoboti natijalari

25/06/2022 - 09:37 1168

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO, Avstriya) tomonidan “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi – 2022” navbatdagi hisoboti e’lon qilindi.

Hisobotda O‘zbekiston 154 ta mamlakatlar orasida 0,017 ball bilan 89-o‘rinni egallagan va so‘nggi hisobotga ko‘ra reytingda 5 pog‘onaga ko‘tarilib, bu indeks metodologiyasiga muvofiq, sanoat rivojlanishining o‘rta kvintiliga ega mamlakatlar toifasiga o‘tish imkoniyatini yaratadi.

“Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi – 2022” hisobotida 2020-yilgi statistik ma’lumotlardan foydalanilgan bo‘lib, jahon sanoati rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan COVID-19 pandemiyasi davrida o‘rtacha indeks 0,062 tashkil etdi yoki avvalgi qiymatdan -0,006 ga pasaydi.

Oldingi hisobotga nisbatan reytingga 2 ta davlat qoʻshildi (Markaziy Afrika Respublikasi va Nikaragua).

Indeks metodologiyasiga asosan “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi – 2022” hisobot natijalari 2020-yildagi statistik ma’lumotlarga asosan shakllantirilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar natijasida, indeksning oxirgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 8 ta indikatorning 6 tasida ijobiy o‘zgarishlarni qayd etgan, shu bilan birga 2 ta indikatorda pasaygan.

O‘zbekiston Respublikasining Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi tarkibiy ko‘rsatkichlarning 2021 va 2022-yillardagi taqqoslama jadvali

Izoh: * - qiymatlar 2015-yilgi AQSH dollari kursi narxlarda korsatilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi 3 yillik sanoat mahsuloti hajmida 2018-yildagi 235,3 trln so‘mdan 2020-yilda 368,7 trln so‘mni tashkil etib, 1,5 barobarga oshgan. Ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush (82,0%) ishlab chiqarish korxonalariga to‘g‘ri keladi hamda ishlab chiqarish hajmi 305,9 trln so‘mni tashkil etadi.

 O‘zbekiston Respublikasi sanoat ishlab chiqarish 3 yillik hajmi

Shuningdek, MDH davlatlari orasida O‘zbekiston Rossiya, Belarus, Qozog‘istondan keyin 4-o‘rinni egallagan.

Dunyo reytingining eng yuqori 5 ta pog‘onasida Germaniya (0,416), Xitoy (0,369), Irlandiya (0,347), Yaponiya (0,325) va Koreya Respublikasi (0,324) o‘rin egallagan.

 Hisobotning qisqacha sharhiga havola: https://stat.unido.org/cip/#

 

 Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati